19 iyul kuni dunyo böylab Windows operatsion tizimida işlovçi 8 milliondan ortiq kompyuter texnik-dasturiy xatoga yöliqdi. Natijada minglab aviareyslar keçikdi, banklar faoliyati töxtab qoldi, televideniyeda uzilişlar böldi. Kun.uz muxbiri IT va startaplar böyiça mutaxassis Jamşid Xoliqulov bilan tarixdagi eng yirik uziliş va bu borada Özbekistondagi vaziyat haqida suhbatlaşdi.

Xoliqulovning tuşuntirişiça, global uzilişning röy berişiga Microsoft kompaniyasining aloqasi yöq. Şu kuni Windows tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlovçi CrowdStrike kompaniyasi özining operatsion tizimlardagi xavfsizlik dasturlariga xatosi bor yangilanişni tarqatgan.

“Rossiya, Özbekiston kabi davlatlarda uziliş bölgani yöq. Sabablari juda köp, lekin asosiylaridan biri – bizda aksariyat odamlar ana şu dasturlarning köçirma yoki litsenziyasiz variantlaridan foydalanib kelişadi. Çunki bu pul, moliyaviy tomonga borib taqaladi. Hattoki, davlat taşkilotlarida ham şunday. Bizga ta’sir qilmadi, deya xursandmiz, lekin bu juda yomon. Özbekiston biror dastur işlab çiqib, xorijga sotganda buni tuşunadi”, – deydi mutaxassis.

Dunyo aholisi 8 milliardga yaqinlaşayotgan ekan, IT mahsulotlari va umuman elektron qurilmalardan foydalanuvçilar soni 5 milliarddan köp. Bu statistika oşib bormoqda. Demak, dunyo va insoniyat borgan sari axborot-kommunikatsion texnologiyalarga boğlanib qolmoqda.

“Biz texnologiya asriga kirib böldik. Dunyo davlatlarining IT'ga sarflaydigan puli 5 trln dollardan oşibdi, bu har yili yana köpayib bormoqda. Keyingi yillarda 6-7 trln dollar bölişi kutilmoqda. Demak, AKT inson hayotida misli körilmagan darajada örin egallab bölgan”, – deya qöşimça qiladi Jamşid Xoliqulov.

Ma’lumot uçun, röy bergan uziliş şaxsiy kompyuterlarga deyarli ta’sir körsatmadi, çunki CrowdStrike'ning kiberxavfsizlikka oid dasturiy mahsulotidan asosan taşkilotlar foydalanadi. Voqea kiberhujum emasligi tufayli, dunyo miqyosida soha ekspertlari va investorlar texnik xatolik ehtimollarini bundan-da minimallaştiriş zarurati keng muhokama qilinmoqda.