Özbekiston elçisi Oybek Şaxavdinov Vengriyaning Neteyes Kft. kompaniyasi boş menejeri Tibor Yanit bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Suhbat çoğida raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalar sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Neteyes boş menejeri Tibor Yanit IT-Park rahbariyati bilan strategik hamkorlikni yölga qöyişga tayyorligini bildirdi. U, şuningdek, öz kompaniyasining Özbekistonda raqamli infratuzilmani mustahkamlaş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va yangi loyihalarni işlab çiqişga qaratilgan innovatsion loyiha va taşabbuslarda iştirok etişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Özbekiston elçisi Neteyes Kft. kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik raqamli rivojlaniş va har ikki tomon uçun yangi imkoniyatlar yaratişda katta ahamiyatga ega ekanini aytib ötdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar qöşma loyihalarni amalga oşiriş, şeriklik aloqalarini örnatiş va mustahkamlaş böyiça aniq rejalarni işlab çiqiş töğrisida kelişib oldilar.