Tundagi öğirlik

Şayxontohur tumanida joylaşgan Çorsu bozoridagi tilla buyumlar dökoni egasi sotuvdagi tilla taqinçoqlarni dökon yertölasidagi seyfda saqlardi: har kuni işdan ketişida qimmatbaho taqinçoqlarni yiğiştirib olar va yertölaga tuşib, seyfga solar, ertalab kelganida esa yana seyfdan olib, dökondagi şişa rasta tagiga terib qöyardi. 

2024 yilning 10 mart kuni. Har doimgi kabi işga kelgan dökondor taqinçoqlarni olib çiqiş maqsadida yertölaga tuşdi va hayratdan yoqa uşlab qoldi: yertöla eşigi oçiq holatda turardi. Köngli bir noxuşlikni sezgan sotuvçi şoşib içkariga kirdi: yertöladagi seyf oçilgan, undagi tilla taqinçoqlar esa öğirlab ketilgandi.

Holat yuzasidan darhol IIBga xabar berildi. Tezkor xodimlar voqea joyiga kelib, yertölani közdan keçira boşladi.

“Bu işni katta jinoiy töda qilgani aniq. Qara, yertöla eşigining qulfi kesib oçilibdi, işni ança puxta qilişgan”, derdi voqea guvohi bölganlar bir-biriga taxminini aytib.

Biroq köp ötmay öğirlikni katta jinoiy töda emas, 25 yoşli qiz sodir etgani ma’lum böldi va u uşlanib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.

25 yoşli xavfli retsidivist qiz

Suriştiruv işlari natijasida uşbu şov-şuvli öğirlikni 1999 yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan M.S. sodir qilgani aniqlandi. Qiz tilla buyumlar dökoni yertölasining bir qismida oçilgan tikuvxonada tikuvçi bölib işlab yurardi.

Hali turmuşga çiqmagan M.S. bungaça ham öğirlik jinoyatini sodir qilib, sudlangan hamda xavfli retsidivist deb topilgandi.

Jumladan, u 2019 yilda, ya’ni 20 yoşida jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismining “a” bandida (öğirlik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilişi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. 2020 yil avgust oyida sud ajrimi bilan M.S.ning ötalmay qolgan 2 yil 1 oy jazosi ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirilgan.

“Eşik qulfini “bolgarka”da kesib oçdim” 

M.S. tilla buyumlar dökoni yertölasidagi tikuv sexida tikuvçi bölib işlagan. U sotuvçilar iş kuni tugaganidan söng taqinçoqlarni yertölaning alohida xonasidagi seyfga solib ketişlarini körib yurgan. Tikuv sexida bir oy işlagan qiz u yerdan ketib, Çilonzor tumanidagi “atele mod”da iş boşlagan. 2024 yil 9 mart kuni unda seyfdagi taqinçoqlarni öğirlaş niyati paydo bölgan.