Bu haqda şunçaki oddiy xabar ölaroq saytimiz sahifalarida e’lon qilişimiz mumkin edi. Ammo tahririyatga murojaat qilgan ayolning dardli nolasi masalaga biroz boşqa rakursdan qaraş kerak, degan turtki berdi.
Umidlari çil-çil bölgan ona
Ayolning boşiga tuşgan musibat har qanday odam bolasini qayğu va iztirobga solib qöyadi. Turmuşi öxşamay öğli Ibrohimjon va ikki qizi bilan ota uyida qolgan ayol bor orzu-umidlarini öğlining kelajagiga boğladi.
Ammo 16 iyun kuni sodir bölgan mudhiş hodisa unining orzu-umidlarini yöqqa çiqardi, umri öz mazmunini yöqotdi.
Endigina 14 yoşni qoralagan Ibrohimjonni velosipedida buvasining uyidan qaytayotgan Malibu urib yuboradi. Zarba kuçidan bola omon qolmaydi: sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida Ibrohimjonni “boş miya oçiq jarohati, kalla gumbaz va asos suyaklari sinişi, boş miya lat yeyişi va boş miyaga qon quyilişi, tanadagi şilingan şarohatlar, posttravmatik şok, öpka va miya şişi”dan vafot etgani yozilgan.
Haydovçi avtomobilni hujjatlarsiz boşqargan, xozir u oçiqda
Hodisani sodir etgan haydovçi A.D. savdodagi şerigining davlat raqami 50 J 249 TA bölgan Malibu’sini tegişli hujjatlarsiz boşqarib ketayotgan bölgan.
Holat yuzasidan Jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi, ya’ni odam ölişiga sabab bölgan transport vositalari harakati qoidalarini buziş bilan ayblangan A.D.ga “garov” ehtiyot çorasini qöllagan.
Haydovçi va uning maşina içida bölgan hamrohi “45-50 km/s tezlikda kelayotgani, bola velosipedni tösatdan yölning avtomobil qatnov qismiga burib yuborgan”ini aytgan.
Ibrohimjonning onasi hodisa tergov hujjatlarida keltirilganidan boşqaça bölganini aytmoqda.
“Öşa kuni hodisa yuz bergan ondayoq öğlim 3-darajali oğir komaga tuşib qolgan. Köp qon yöqotdi, avariyadan 2 soat ötmay kasalxonada vafot etdi. U yöl çetida ketyotgan bölgan, Malibu 130 km/s tezlikda harakatlanib kelgan. Oldidagi Damas’ni quvib ötaman deb, velosipedda ketayotgan bolamni urib yuborgan”, deydi u.
Tergovçi ayblov xulosada yengillaştiruvçi holatlarni sanarkan, “haydovçining aybiga iqror bölgani va keltirilgan zararni töliq qoplagani”ni yozadi. Ammo ayol “zarar qoplangani” haqidagi iddaoni töliq inkor etmoqda, u xatto bunday taklifni eşitişni ham istamasligini aytadi.

















