Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadaning ikkinchi kunidan keyin O‘zbekiston kuchli o‘nlikda. Bugun yana 8 sportchi bahslarga kirishadi
Bugun yana ikki dzyudochi va ikki bokschi, jumladan Bahodir Jalolov, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlaridan bo‘lgan qilichboz Zaynab Dayibekova bahslarga qo‘shiladi.
Dzyudochi Diyora Keldiyorovaning finaldagi g‘alabasidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin medal bilan umumiy reytingda 10-o‘rinda joylashdi.
Yaponiya (4–2–1), Avstraliya (4–2) va AQSh (3–6–3) kuchli uchlikni tashkil etgan.
Markaziy Osiyo vakillari orasida Qozog‘iston 1 oltin va 3 bronza medal qo‘lga kiritgan holda 8-o‘rinda bormoqda.

29 iyul kuni O‘zbekiston vakillari qilichbozlik, dzyudo, boks, suzish va akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarda qatnashadi.
Bugungi bahslarda jami 8 nafar o‘zbekistonlik medallar uchun o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi:
- 13:00 dan so‘ng. Dzyudo (57 kg). Shukurjon Aminova – Zuleyha Dabonne (Kot d'Ivuar), (1/16 final)
- 13:00 dan so‘ng. Dzyudo (73 kg). Murodjon Yo‘ldoshev – Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston), (1/16 final)
- 13:25. Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova – Yu Jinsu (Koreya Respublikasi), (1/16 final)
- 13:40. Akademik eshkak eshish. Yengil vaznli juftlik (o‘tish bosqichi). Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev)
- 14:28. Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibirsev, (saralash, 1-guruh)
- 15:04. Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullayev – Migel Ramires (Meksika), (nimchorak final)
- 20:06. Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov – Omar Shiha (Norvegiya), (nimchorak final).
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
10:10 / 07.10.2025
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
08:07 / 06.04.2025