Prezident Şavkat Mirziyoyev Parijda ötayotgan yozgi Olimpiya öyinlarida dzyudo böyiça bellaşuvlarning 52 kilogrammgaça vazn toifasida barça raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinçi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Davlatimiz rahbari Özbekiston tarixida yozgi Olimpiya öyinlarida ayollar örtasida birinçi marta çempion bölgan sportçi qizimizni tarixiy ğalaba bilan qizğin tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi», - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Çin qalbimdan, xalqimiz nomidan şunday jasoratli, matonatli, fidoyi qizim borligidan ğururlanaman. Kamdan kam böladigan ğalaba böldi, dunyo qoyil qoldi. Özbekiston obrösini kötardingiz, rahmat qizim. Sizning ğalabangiz özbek ayoli, sevimli qizlarim nimaga qodirligini yana bir marta dunyoga namoyon etganingiz uçun minnatdorman», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Diyora Keldiyorovani uydagilari bilan gaplaşganda uning nomidan ota-onasiga katta rahmat aytib qöyişini tayinlandi.

Prezident Diyora Keldiyorova Yangi Özbekistonda oltin harflar bilan tarixda qolganini ta’kidladi.

«Yangi Özbekistonimizda oltin harflar bilan tarixda qoldingiz qizim. Men ğururlandim. Mana şunday davom ettiriş kerak. Bu hali katta-katta ğalabalarning, şohsupalarning boşlanişi bölişi kerak. Tariximizdagi buyuk bobolarimizga, onalarimizga munosib bölib, jahonda nomimizni qoldirişga biz qölimizdan kelgança yordam beramiz, lekin mehnat, jasorat özingizdan, qizim», dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev Olimpiada çempioni böliş Yangi Özbekiston tarixida birinçi marta tarixiy voqea ekanini, şuning uçun juda katta ğurur va iftixor ila Diyora Keldiyorova bilan faxrlanişini aytdi.

Diyora Keldiyorova ham davlat rahbariga minnatdorçilik bildirdi.

  • Ma’lumot uçun, Diyora Özbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportçi sifatida tarixdan joy oldi. Şu paytgaça ayol sportçilarimizdan faqatgina Yekaterina Xilko Pekin-2008da trampolindan sakraşda bronza medalini qölga kiritgan va ayollar orasida medal olgan yagona sportçi edi.
  • 26 yoşli özbekistonlik dzyudoçi bugungi bahslarda dastlab nimçorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada çempioni Ute Abening 5 yillik mağlubiyatsiz seriyasiga barham berib, turnirdan çiqarib yuborgan bölsa, çorakfinalda germaniyalik Maşa Ballhausni mağlub etib yarimfinalga çiqqandi. Final uçun bahsda esa Keldiyorova mezbonlar vakili bölgan Olimpiada-2020ning oltin (jamoaviy) va kumuş medali sohibi Amandin Buşarni mağlubiyatga uçratgan edi. Finalda esa kosovalik Olimpiada-2020 çempioni Distriya Krasniçini mağlub etib, çempion böldi.