19 yoshli Germaniya fuqarosi Rossiyadagi koloniyadan g‘oyib bo‘ldi
Germaniya va Rossiya fuqarosi Kevin Lik Rossiya Federatsiyasida davlatga xiyonatda ayblanib, sudlangan. Oxirgi kunlarda besh nafar siyosiy mahbus Rossiya koloniyalari va tergov izolyatorlaridan noma’lum tomonga olib ketildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Germaniya va Rossiya fuqarosi 19 yoshli Kevin Lik Arxangelsk viloyatidagi 14-sonli axloq tuzatish koloniyasidan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda uning qo‘llab-quvvatlash guruhi Telegram-kanalida 30 iyul, seshanba kuni xabar berildi.
«Kevinning onasi Arxangelsk viloyati federal jazoni ijro etish xizmati muassasalariga oziq-ovqat yetkazib berish xizmatidan yigitning ko‘rsatilgan koloniyada yo‘qligi haqida javob oldi», deya ma’lumot berdi guruh. Likning onasi boshqa hech qanday bildirishnoma olmadi.
2023 yil dekabr oyida Lik Adigeya Oliy sudi tomonidan davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yigit go‘yoki «vizual kuzatuv o‘tkazgan» va rus qo‘shinlarining Maykopdagi joylashuvini suratga olgan, so‘ngra fotosuratlarni «xorijiy davlat vakillari»ga yuborgan.
Rus siyosiy mahbuslarining koloniyalardan g‘oyib bo‘lishi
Oxirgi bir necha kun ichida huquq himoyachilari tomonidan vijdon mahkumi yoki siyosiy mahbus deb tan olingan kamida besh kishi Rossiya koloniyalari va tergov hibsxonalaridan noma’lum manzilga olib ketilgani ma’lum bo‘ldi. Navalniyning Ufa va Tomskdagi shtablari sobiq rahbarlari Liliya Chanisheva va Kseniya Fadeyeva, siyosatchi Ilya Yashin va huquq himoyachisi Oleg Orlov «noma’lum tomonga» olib chiqib ketilgan. Rassom Sasha Skochilenkoning yaqinlariga qizni Moskvaga olib ketishganini aytishgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan

17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

12:48 / 04.02.2025