2024 yilda Özbekistonda 414,6 ming öquvçi 11-sinfni tamomlagan bölsa, şulardan 378 624 nafari yoki 91,3 foizi davlat oliygohlariga kiriş imtihonlarida qatnaşdi.

Test topşirgan bu 378 624 nafar bitiruvçidan 136 744 nafari yoki 36,2 foizi minimal ballni töplay olmagan. Bu – Bilim va malakalarni baholaş agentligi saytida keltirilgan.

Ma’lumot uçun, minimal ötiş balli – maksimal ballning 30 foizi, ya’ni 56,7 ballga teng. Kontrakt asosida öqişga kiriş uçun aynan şunça ball yiğiş talab etiladi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bu yilgi testlar böyiça statistikaning faqat ijobiy jihatlariga e’tibor qaratdi.

Uning öz Telegram-kanalida yozişiça, maktab bitiruvçilarining OTMga kirişdagi örtaça ballari sönggi beş yilda 69,8 balldan 78 ballga yetgan.

Bitiruvçilarning örtaça ballari 2020 yilda 69,8 ball, 2021 yilda 74,9 ball, 2022 yilda 75,8 ball, 2023 yilda 76,1 ball, 2024 yilda esa 78 ball bölgan.

“Ahamiyatli jihati, 2024 yilgi abituriyentlarga tegişli örtaça ball 70,8 ni taşkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvçilarining örtaça bali umumiy körsatkiçdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75+ ball) olgan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvçilaridir”, degan vazir, raqamlarda “ijobiy siljiş borligi”ni ta’kidlagan holda.

Biroq, MMTV rahbari aytayotgan 33 mingta a’loçi abituriyent – imtihon topşirgan barça abituriyentlarning atigi 4,5 foizini taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, bu yilgi testlarda jami 737 351 abituriyent iştirok etib, ulardan 46,9 foizi minimal ötiş ballini ololmadi.