Ukraina Rossiya bilan tinçlik muzokaralariga tayyor, lekin faqat xalqaro huquq asosida. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak NV naşriga bergan intervyusida gapirdi.
«Rossiya taşviqoti «uruş ketyapti, lekin biz muzokaralarga tayyormiz, Ukraina muzokaralarga tayyor emas» degan tasavvur uyğotiş uçun juda köp mablağ sarflamoqda. Yöq, Ukraina muzokaralarga tayyor — bu asosiy nuqta. Ya’ni, albatta, muzokaralar zarur, lekin ikkinçi nuqta — muzokaralar qanday şartlar asosida ötkazilişi. Ukraina aniq aytadi: «Ha, keling, xalqaro huquqqa asoslangan şartlar böyiça muzokaralarni ötkazaylik». Va bu konsepsiyadagi asosiy narsa — davlatning hududiy yaxlitligi, sub’yektivligi va suvereniteti», dedi Podolyak.
Şu bilan birga, Prezident devoni vakili tajovuzkorni tinçlikka majburlaş vositalari işlagandagina muzokaralar samarali bölişini qayd etadi.
«Bu vositalar – Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib beriş. Bu köproq bölişi kerak; xususan, Rossiyaning istalgan hududida joylaşgan uruş infratuzilmasiga zarba beriş böyiça har qanday çeklovlar - norasmiy, rasmiy - bekor qilinişi kerak. Ikkinçidan, iqtisodiy sanksiyalar, Rossiya uçun uruş qimmatga tuşişi kerak. Uçinçisi, afsuski, u umuman qöllanilmayapti — Rossiya diplomatik izolyatsiya qilinişi kerak. Masalan, BMT Xavfsizlik Kengaşida raislik qila olmasligi lozim, u yoki bu siyosiy maydonçalardan foydalana olmasligi kerak», dedi Podolyak.

















