Dunyoga maşhur Ferrari – poygaçi taşkil etgan kompaniya qanday rivojlangandi?
|17:55 / 03.08.202412 72915 min
Bugun dunyodagi eng qimmat va haşamatli avtomobillarning aksariyati Italiyada işlab çiqariladi. Jumladan, Bugatti, Pagani, Alfa Romeo, Maserati va Lamborghini avtomobillari Apenin yarimorolida joylaşgan korxonalarda tayyorlanadi. Ular orasida Ferrari ham bor va uning avtomobillarini dunyoning eng boy va taniqli odamlari maxsus buyurtma berib sotib olişadi.
Foto: Anadolu AgencyFoto: Anadolu Agency
Ferrari tarixi 1930-yillar oxiriga borib taqalsa-da, kompaniya özining ilk avtomobilini Ikkinçi jahon uruşidan keyin işlab çiqargan.
Ferrari kompaniyasini poygaçi Enso Ferrari taşkil etgan. Bu şaxs 1920-yillar boşlarida Italiyadagi Alfa-Romeo kompaniyasi avtomobillari bilan poygalarda qatnaşardi. Böş vaqtlarida şu kompaniya avtomobillarini sotiş bilan şuğullanardi.
1929 yilda moliyaviy qiyinçiliklar tufayli Alfa-Romeo kompaniyasi avtomobillar poygalarida iştirok etişni töxtatadi. Şunda çorasiz qolgan Enso özining poyga jamoasini taşkil etadi va unga “Skuderiya Ferrari” deb nom beradi. Jamoa poygalarda Alfa-Romeo avtomobillari bilan qatnaşişda davom etadi.
1939 yilda Enso Alfa-Romeo kompaniyasi bilan aloqalarini butunlay uzadi va Auto Avio Costruzioni nomi bilan öz kompaniyasini taşkil etadi. U öz avtomobillarini işlab çiqarişni xohlardi. Biroq bu oson emasdi.
Enso öz faoliyatini aviatsiya dvigatellarini işlab çiqarişdan boşlaydi. U paytlarda samolyotlar juda kiçik bölib, ularga ixçam dvigatellar örnatilardi.
Enso Ferrari yoşligida
Foto: alamy.com
Ikkinçi jahon uruşida Italiya nisbatan tinç edi. Mamlakatga Hitlerning ittifoqdoşi Mussolini rahbarlik qilar, lekin italiyaliklar nemislarga öxşab aktiv uruş olib bormasdi.
Ana şunday şaroitda Enso uruş tugagunça turli uskunalar tayyorlab turişga majbur böladi. U özining birinçi avtomobilini uruşdan söng 1947 yilda işlab çiqaradi. Bu 125 S poyga avtomobili edi.
Oradan bir yil ötgaç, Enso Ferrari 166 Inter avtomobilini tayyorladi. Öşa yildan boşlab Ferrari avtomobillari poygalarda qatnaşa boşlaydi va bir neça marta ğalaba qozonadi.
1950 yilda America rusumidagi avtomobillar işlab çiqariladi. Öşa yili ilk bor Formula-1 poygalari taşkil etiladi va unda Ferrari avtomobillari ham qatnaşadi.
1953 yilda kompaniya Ferrari 250 avtomobilini işlab çiqara boşlaydi. Bu avtomobil öz körinişi va imkoniyatlari bilan boşqa köplab avtomobillardan ustun edi.
1950-yillar boşlarida Ferrari kompaniyasi hali unça ommalaşmagan edi. 1954 yilda Ferrari kompaniyasi 200 ta oddiy va 250 dona poyga avtomobillari işlab çiqaradi.
Mavzuga oid
1956 yilda Enso Ferrarining öğli Alfredo “Dino” Ferrari 24 yoşida vafot etadi. U V-6 dvigatellari va Ferrari Dino va Fiat Dino avtomobillari loyihasini yaratgandi.
Enso Ferrari öğli Alfredo Dino Ferrari bilan
Foto: libero.it
Öğlining erta ölimi Enso Ferrariga juda qattiq ta’sir qiladi. Biroq köp ötmay u özini qölga oladi va kompaniyani rivojlantirişda davom etadi.
1960 yilda Societa Esercizio Fabbriche Automobili e Corse (SEFAC) kompaniyasi taşkil etiladi. Bu paytga kelib Ferrari öz mahsulotlarining 40 foizini Amerikaga eksport qilayotgandi.
Öşa paytlarda kompaniya Ferrari 250 GTE, Ferrari 330 GT, Ferrari Berlinetta Lusso, Ferrari Daytona kabi avtomobillarni işlab çiqarardi.
Şuningdek, öşa paytlarda kompaniyaning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri Ferrari 250 GTO avtomobillari işlab çiqarilgan.
1960-yillarning ikkinçi yarmida savdo hajmi keskin pasayib ketadi. Masalan, 1969 yilda Ferrari bor-yöği 619 dona avtomobil sotadi xolos.
1969 yil Enso Ferrari Ferrari kompaniyasiga tegişli aksiyalarning 50 foizini Italiyadagi yirik avtomobil işlab çiqaruvçisi bölgan Fiat kompaniyasiga sotadi.
1962 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 250 GTO. Bu rusumdagi maşinalar hozir bir neça ön mln dollarga baholanadi.
Foto: autoblog.it
Qolgan 50 foiz aksiya va poyga avtomobillari işlab çiqaruvçi bölim nazorati Ensoning özida saqlanib qoladi.
Şundan söng Fiat kompaniyaga katta miqdorda sarmoya kiritadi va işlab çiqarişni kengaytiradi. 1970 yilda Ferrari 1000 dona qimmatbaho avtomobil işlab çiqargan bölsa, bu körsatkiç 1970-yillarning ikkinçi yarmida 2000 donaga yetadi.
1988 yilda Ferrari asosçisi Enso Ferrari 90 yoşida vafot etadi. Şundan söng Fiat kompaniya aksiyalarining yana 40 foizini sotib oladi va öz uluşini 90 foizga yetkazadi.
Enso Ferrari ölimidan avval işlagan eng oxirgi loyihasi Ferrari F40 avtomobili edi.
Islohotlar
1992 yilda Luka Kordero di Montedzemolo Ferrari kompaniyasi direktori etib tayinlanadi. U bu vazifada 2014 yilgaça işlaydi. Luka işni eski rusumdagi avtomobillarni işlab çiqarişni töxtatiş va yangi rusumlarni tayyorlaşdan boşlaydi.
Jumladan, uning davrida 9 ta yangi rusumdagi aviomobillarni işlab çiqariş yölga qöyiladi. Ular orasida nisbatan biroz arzon bölgan va narxi 166 ming dollardan boşlanadigan Ferrari 355 avtomobili ham bor edi.
Ferrari 355 avtomobili
Foto: carsandtuning.org
1997 yilda Fiat Ferrari kompaniyasini yana bir qimmatbaho sport avtomobillari işlab çiqaruvçi Maserati bilan birlaştiradi. 2005 yilda har ikki kompaniya yana alohida qilinadi.
2014 yilda Fiat Chrysler Automobiles NV (FCA) kompaniyasi Ferrari’ni alohida kompaniyaga aylantiriş haqida e’lon qiladi. 2015 yil sentabr oyida Niderlandiyada Ferrari’ning 100 foiz aksiyalariga egalik qiluvçi Ferrari N.V. holding kompaniyasi röyxatga olinadi.
Şundan söng holding kompaniya aksiyalari avvaliga Nyu-York, keyin Italiya va boşqa fond birjalariga çiqariladi. Bugungi kunda Ferrari N.V. holding kompaniyasining 24 foiz aksiyasi Anellilar oilasiga, 10 foiz aksiyasi Piyero Ferrari va 6 foizi Amerikaning BlackRock investitsiya kompaniyasida. Qolgani boşqalarda.
Hozirda kompaniya direktorlar kengaşi rahbari va prezidenti Jonn Elkann. U şuningdek Exor va Stellantis kompaniyalari direktorlar kengaşiga ham rahbarlik qiladi. Piyero Ferrari esa kompaniya vitse-prezidenti hisoblanadi. Benedetto Vinya esa kompaniya boş direktori hisoblanadi.
Foto: onedio.com
Kompaniyaning körsatkiçlari
2008 yilda kompaniya 6 662 dona avtomobil işlab çiqarib, sotgan bölsa, 2023 yilda bu körsatkiç 13 663 donani taşkil etgan. Bundan taşqari, kompaniya nafaqat öz avtomobillariga, Maserati avtomobillariga ham dvigatellar tayyorlab bergan.
2023 yilda Ferrari kompaniyasining daromadi 5,97 mlrd dollarni taşkil etgan. Uning 40 foizi Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikada, 28 foizi Amerika qit’asi, 11 foizi Xitoy, Tayvan va Hongkong, 17 foizi Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi savdolardan olingan.
Dunyo böylab sotilayotgan narxi 200 ming dollardan boşlanadigan qimmatbaho avtomobillarning 25 foizini Ferrari tayyorlaydi. Amerikada bu körsatkiç 20 foizni, Xitoyda esa 40 foizni taşkil etadi.
Kompaniya Formula-1 poygalarida qatnaşuvçi avtomobillarini Scuderia Ferrari deb nomlangan alohida bölimida işlab çiqaradi. Ferrari avtomobillari Formula-1 musobaqalarida 15 marta çempion bölgan, 16 marta Konstruktorlar kubogida ğalaba qozongan.
Ferrari Formula-1 musobaqalarida
Foto: alamy.com
Ferrarining eng maşhur rusumlari
Ferrari 125 S, 1947 yil. Ferrari 125 S Enso Ferrarining öz brendi ostida işlab çiqargan birinçi avtomobili hisoblanadi. Bu avtomobilga Ferrari tomonidan işlab çiqarilgan, 12 silindrli 118 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgandi.
Ferrari 250 GTO, 1962 yil. Ferrari 250 GTO avtomobillari 1962-1964 yillarda işlab çiqarilgan. U Xalqaro avtomobil federatsiyasi çempionatida 1962, 1963, 1964 yillarda hajmi 2 litrli dvigatellar orasida konstruktorlar kubogini qölga kiritadi.
Uşbu avtomobildan kompaniya 36 dona (boşqa manbalarda 39 dona) işlab çiqarilgan. Bundan bir neça yil avval 1963 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 250 GTO 52 mln dollarga sotildi va dunyodagi eng qimmat avtomobil nomini oldi. Çunki ungaça bironta avtomobil bunça narxga sotilmagan edi.
1968 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 365 GTB/4 Daytona
Foto: carjager.com
Ferrari 365 GTB/4 Daytona, 1968 yil. Ferrari 365 GTB/4 Daytona avtomobili 1968-1973 yillar oraliğida işlab çiqarilgan. Bu avtomobil ikki eşikli va ikki örindiqli bölib, unga 352 ot kuçiga ega bölgan 4,4 litr hajmga ega dvigatel örnatilgan.
Uşbu avtomobildan Amerikada suratga olingan Mayami politsiyasi serialida foydalanişadi. Şundan söng unga amerikaliklardan köplab buyurtmalar tuşadi. Şu tariqa, Ferrari 365 GTB/4 Daytona Ferrari avtomobillarining AQŞda ommalaşişiga sababçi böladi.
Ferrari Dino 246 GT/Gs, 1969 yil. Ferrari kompaniyasi Ferrari Dino turkumiga kiruvçi avtomobil rusumini ilk bor 1956 yilda işlab çiqargan. Keyinçalik uning bir neçta rusumlari tayyorlanadi.
Enso Ferrari 1956 yilda 24 yoşida vafot etgan öğli Alfredo “Dino” Ferrari şarafiga bu turdagi avtomobillarni Ferrari Dino deb nomlagan edi.
Ferrari Dino 246 GT/Gs rusumli avtomobillar 1969-1973 yillar davomida işlab çiqarilgan. Uşbu avtomobilga 2,4 litr hajmli, 195 ot kuçiga ega bölgan dvigatel örnatilgan.
Ferrari Dino 246 GT/Gs avtomobillaridan jami 3 569 dona tayyorlab sotilgan. Bu avtomobil narxi biroz arzon sotilgani uçun ham unga xaridor köp bölgan.
Ferrari F40
Foto: alamy.com
Ferrari F40, 1987 yil. 1987 yil kompaniya özining 40 yillik yubileyiga sovğa sifatida Ferrari F40 rusumini tayyorlaydi. Öşa paytda bu avtomobil qimmatbaho sport avtomobillari orasida eng yaxşisi bölgan.
Ferrari F40 avtomobillari 1987 yildan 1992 yilgaça işlab çiqarilgan. Bu rusum Enso Ferrari tomonidan tayyorlangan sönggi loyiha edi. Ferrari F40 avtomobili çiqarila boşlangandan bir yil ötib u 90 yoşida vafot etadi.
Ikki eşikli va ikki örindiqli bölgan bu avtomobildan avvaliga 400 dona işlab çiqariş reja qilinadi. Biroq talab oşib ketgani uçun kompaniya undan jami 1 315 dona tayyorlagan. Bugun garçi eski bölsa ham Ferrari F40 avtomobillari örtaça 1 mln dollar narxlanadi.
Ferrari F355, 1994 yil. Ferrari F355 1994-1999 yillar oraliğida işlab çiqarilgan bölib, u kompaniya avtomobillari orasida eng çiroylisi hisoblanadi.
Ikki eşikli va ikki örindiqli mazkur avtomobilga talab juda yuqori bölgan. Ferrari undan jami 11 273 dona tayyorlab sotgan.
Ferrari F399, 1999 yil. Röyxatimizdagi boşqa rusumlardan farqli ravişda Ferrari F399 poyga avtomobili bölgan. 1980-yillardan boşlab Ferrari Formula-1 poygalarida muvaffaqiyatli qatnaşa boşlaydi.
Biroq jamoa a’zolari şaxsiy hisobda çempion böla olmayotgandi. 1995 yilda Ferrari jamoasiga germaniyalik Mixael Şumaxer keladi.
1998 yilda Ferrari F300, 1999 yilda Ferrari F399 bolidlari bilan ikkinçi örinni egallagan sportçi nihoyat 2000 yilda çempion böladi va şundan söng bir neça yil davomida u F399 avtomobili bilan ğoliblikni heç kimga bermaydi.
Ferrari Enzo
Foto: istockpro.com
Ferrari Enzo, 2002 yil. Ferrari Enzo avtomobili 2002-2004 yillarda işlab çiqarilgan. Bu rusumning nomi Ferrari asosçisi Enso Ferrari nomiga qöyilgan bölib, undan jami 400 dona tayyorlangan.
Mazkur avtomobilga 6 litr hajmga ega 660 ot kuçiga teng dvigatel örnatilgan. Ferrari Enzo ilk işlab çiqarilgan paytlarida 700 ming dollarga narxlangan. Hozir esa ular 2 mln dollarga qimmatlagan.
Ferrari 458 Speciale, 2013 yil. Ferrari 458 Speciale avtomobili 2013-2015 yillarda işlab çiqarilgan. Ikki eşikli va ikki örindiqli bu avtomobilga 4,5 litr hajmli, 605 ot kuçiga ega bölgan dvigatel örnatilgan.
Uşbu avtomobil ham kompaniyaning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bölib, undan 1 309 dona tayyorlab, sotilgan. Ferrari 458 Speciale Ferrari tomonidan işlab çiqarilgan atmosfera dvigateli bilan jihozlangan sönggi rusum hisoblanadi.
Ferrari LaFerrari
Foto: alamy.com
Ferrari Laferrari. Ferrari Laferrari avtomobillari 2013-2018 yillar oraliğida işlab çiqarilgan. 2013-2016 yillarda 500 dona kupe, 2016-2018 yillarda 210 dona Aperta körinişida Ferrari Laferrari tayyorlangan.
Ikki eşikli va ikki örindiqli giperkarga 963 ot kuçiga ega bölgan dvigatel örnatilgan. Ferrari Laferrari ekologik jihatdan juda “toza” avtomobil hisoblanadi.
U 1 km masofaga harakatlanganda atmosferaga bor-yöği 545 gramm zaharli çiqindi çiqaradi. Ma’lumot uçun, Ferrari Enzo avtomobili atmosferaga bundan ikki barobar köp zaharli gaz çiqargan.
Bugungi kunda Ferrari Laferrari avtomobillarining eng arzoni 1 mln dollarga baholanadi.
Taniqli mijozlar
Dunyoning boy va taniqli kişilari, maşhur sportçilar Ferrari kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Jumladan, futbolçi Zlatan Ibrohimoviç, Formula-1 poygaçilari Lyuis Hemilton, Felipe Massa, taniqli aktyorlar Kianu Rivz, Robert Dauni kabilar Ferrari’ning turli rusumlariga egalik qilişadi.
Zalatan Ibrohimoviç Ferrari avtomobili bilan
Foto: naslovi.net
Bundan taşqari, futbol yulduzlari Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi va boşqalarda ham bir neçtadan Ferrari avtomobillari bor. Lionel Messida Ferrari F430 bor edi. U 36 mln dollar evaziga 1957 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 335 S Spider Scaglietti avtomobilini ham xarid qiladi.
Messi sotib olgan avtomobilda poygaçi Stirling Moss 1958 yilda Kubada ötkazilgan Formula-1 poygalarida ğolib çiqqan. Ma’lumotlarga köra, öşanda auksionda Messiga Kriştianu Ronaldu raqiblik qilgan.
Ronalduda uçta Ferrari bor. Ulardan eng qimmatini futbolçi 2,35 mln dollarga sotib olgan.
Messi 36 mln dollarga sotib olgan Ferrari 335 Sport Spider Scaglietti
Foto: worldcarfans.com
Qora röyxatdagilar
Ferrari kompaniyasida qora röyxat bor va unga Ferrari avtomobillarini tanqid qilgan şaxslar kiritiladi. Bunday şaxslarga qança pul taklif qilişidan qat’i nazar kompaniya avtomobillari umuman sotilmaydi.
Ulardan biri maşhur Hollivud aktyori Nikolas Keyj hisoblanadi. U özi egalik qiladigan Ferrari avtomobilini kompaniyadan ruxsat olmasdan reklama roligida işlatgani uçun qora röyxatga kiritilgan.
Şuningdek, röyxatda boksçi Floyd Meyvezer ham bor. U özidagi Ferrari avtomobilini firibgarlik yöli bilan sotişga uringani uçun röyxatga tirkalgan.
Floyd Mayvezer Ferrari va Mersedes avtomobillari bilan
Foto: clicrbs.com.br
Taniqli reper 50 Cent va Jastin Biber Ferrari avtomobillari haqida salbiy gaplar gapirişgani uçun qora röyxatga tuşişgan.
Kompaniya bugun
2023 yilda Ferrari kompaniyasi 13 663 dona maşina sotgan va 5,97 mlrd daromad qilgan. Şundan 1,26 mlrd dollar sof foyda bölgan. Şu tariqa kompaniya birinçi marta sof foydasini mlrd dollardan oşira olgan.
2022 yilga qaraganda ötgan yil Ferrari daromadi 17 foizga, sof foyda esa 34 foizga oşgan. 2023 yilda sotilgan avtomobillarning yarmi gibrid avtomobillar bölgan.
Joriy yilda kompaniya ilk marta elektromobil işlab çiqaruvçi bölimni işga tuşirişni rejalaştirgan. Şuningdek, 2024 yilda kompaniya daromadi 6,5 mlrd dollardan oşişi prognoz qilingan.
2023 yilda kompaniya kapitalizatsiyasi 74,2 mlrd aktivlari esa 8 mlrd dollarni taşkil etgan. Kompaniya korxonalarida 5 mingdan oşiq odam mehnat qilmoqda.
Ferrari avtomobillari yiğiladigan zavod
Foto: bhaskar.com
Kompaniyaning asosiy yiğuv korxonalari Maranelloda joylaşgan. Şassilari esa Modenadagi zavodda tayyorlanadi. Ferrari ştab kvartirasi ham Maranelloda. Bu şaharda asosiy ofisdan taşqari, Formula-1 poygalarida qatnaşuvçi jamoa ofisi hamda muzey joylaşgan.