Parij-2024 Olimpiadasi ayollar örtasidagi boks bahslarida italiyalik boksçi Anjyela Karinining Iman Helifga qarşi jangni davom ettirişdan boş tortişi mojarosi sovimay turib, şunga öxşaş navbatdagi holat kuzatildi. Bu safar özbek qizi taypeylik «testosteroni yuqori» raqibiga mağlub bölib, turnirni közda yoş bilan tark etdi. Sitora Turdibekova raqibga qöl uzatişni öziga ep körmadi.

Sitora Turdibekova turnirni közda yoş bilan tark etdi

Olimpiadada ayollar boksi böyiça -57 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova turnirdagi ikkinçi uçraşuvini ötkazdi.

Özbekistonlik 22 yoşli boksçi Xitoy Taypeyi vakili sanalmiş ikki karra jahon çempioni 28 yoşli Lin Yu Tinga qarşi ringga kötarildi. Çorakfinal yöllanmasi uçun bölib ötgan bahsda Sitora «testosteroni yuqori» bölgan raqibi bilan bahsdan söng turnirdagi iştirokini yakunlaşga majbur böldi.

Lin Yu Tin – mojaroli çempion

Xitoy Taypeyi mamlakati vakili sanalmiş 28 yoşli Lin Yu Tin boks böyiça ayollar örtasidagi jahon çempionatlarida ikki marta – 2018 va 2022 yilda çempionlikni qölga kiritgan, Hançjou-2022 Osiyo Öyinlarida ham oltin medalga ega çiqqan bölsa-da, raqiblari va muxlislar oldida hurmat qozona olmayotgan boksçi sanaladi.

2023 yilgi jahon çempionatida Lin bronza medaliga ega çiqqan bölsa ham, turnir yakunida Xalqaro boks assotsiatsiyasi tomonidan tekşiruvdan ötkazilib, diskvalifikatsiya qilingan edi. Öşanda AIBA rahbari Umar Kremlev «DNK-test tekşiruvlaridan keyin biz öz raqiblarini aldab, özini ayol sifatida körsatmoqçi bölayotgan bir qança sportçilarni aniqladik», - degandi. Bu sportçilar – Iman Helif va Lin Yu Tin edi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi: «Ularda XY-xromosomalar borligi isbotlangan»

Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyov Lin Yu Tin va Iman Helifda yuqori testosteron qayd etilganini ma’lum qilgan.

«Ularda XY-xromosomalar borligi isbotlangan. Bunday sportçilar musobaqadan çetlaştirilgan», — deya izohlagan 2023 yilgi jahon çempionatida röy bergan hodisani IBA prezidenti Umar Kremlyov Iman Helif va Lin Yu Tin çetlatilganini nazarda tutgan holda.