Tuman hokimi Samandar Astanov boksçi qizning Parijdagi turnirning nimçorakfinalida taypeylik raqibiga alamli tarzda mağlub bölganiga qaramay, musobaqada munosib iştirok etib, olqişlarga sazovor bölganini qayd etdi va unga yangi uy sovğa qilgan. Şuningdek, boksçining ota-onasiga esdalik sovğalar topşirildi.
Hokimlikning Gazeta.uz saytiga ma’lum qilişiça, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan.
Eslatib ötamiz, Parij-2024 Olimpiadasi ayollar örtasidagi boks bahslarining -57 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova taypeylik Lin Yu Tinga mağlub bölib, turnirni közda yoş bilan tark etgandi. Testosteroni yuqori ekani aytilgan taypeylik boksçi yakunda Olimpiada çempioniga aylangandi.
Avvalroq, Xalqaro boks assotsiatsiyasi IBA prezidenti Umar Kremlev Olimpiadada adolatsizlikka uçragan boksçi qizlarni ham 1-öringa beriladigan pul mablağlari – 100 ming AQŞ dollari miqdorida mukofotlaşi haqida e’lon qilgandi.


















