“Dunyo sadolari” an’anaviy festivaliga taklif qilingan dunyoga maşhur Innaga 130 ming dollar tölangani aytilmoqda. Tadbirni yoritişga çaqirilgan jurnalistlar içkariga kiritilmagan, viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov ularni kamsitib, "qöllaridan balo ham kelmasligi"ni aytgan.
29-31 iyul kunlari Andijonning Xonobod şahrida an’anaviy II “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali bölib ötdi.
Bu yilgi tadbirda ham Özbekiston va dunyo estradasi yulduzlari konsert dasturlari bilan iştirok etişdi. Xususan, 29 iyul kuni oçiliş marosimida Hamdam Sobirov, Yulduz Usmonova, qozoğistonlik Dianella va Jah Khalib qatnaşgan bölsa, 30 iyuldagi gala-konsertda Şohruxxon, xorij san’atkorlari Megan va Jony'lar çiqiş qilgan.
Tadbirning sönggi kuni, 31 iyulda festivalni yakunlaş uçun Rayhon Ğaniyeva, hindistonlik “DJ Sukhbir” va jahon yulduzi Inna iştirok etgan.
Bundan taşqari, xalqaro festival doirasida Xonobod şahri böylab körgazmalar va madaniy dasturlar taşkil etilib, şahar böylab sayohat qiliş istagida bölgan mehmonlar uçun havo şari xizmati taşkil etilgan.
San’at olami vakillarini olib keliş, körgazma ötkaziş va albatta, havo şari xizmati hisobga olinsa, festival ança qimmatga tuşganini taxmin qilsa böladi.
“Dunyo sadolari” festivali qanday ötdi?
Andijonda ötgan festivalning esda qolarli yana bir qismi jurnalistlar va viloyat hokimi Şuhrat Abduramonov bilan ötgan keçki ovqat bilan boğliq.
Gap şundaki, festivalni yoritiş uçun çaqirilgan bir guruh jurnalistlar içki işlar xodimlari tomonidan tadbir ötayotgan joyga kiritilmagan. Buni tarmoqlarda tarqalgan bir qança videolardan ham köriş mumkin.
Şundan keyin öşa kuni keçki ovqatda vaziyatni göyo “yumşatiş”ga urinmoqçi bölgan viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov ommaviy axborot vositalari vakillariga qöpol gaplar işlatgan va muxbirlardan salbiy ma’nodagi materiallar yozmaslikni söragan.
“Tuşungan inson bölsa, özingizga eng yaqin inson deb qabul qilinglar. Mening gaplarimdan kavak qidirmanglar. Ovora bölib yomonlik qidirmalaring. Qöllaringdan balo ham kelmaydi baribir... Ming öylaganing bilan soçing oqaradi yoki tökiladi xolos boşqa narsa bölmaydi”, –












