Fevral oyida Jizzax viloyati Döstlik tumanidagi oilaviy boğçada qarovsiz qolgan 3 yoşli qiz ariqqa tuşib ketib, vafot etgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilişiça, holatga sababçi bölganlar jazoga tortildi.
2024 yil 15 fevralida oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotining 3 nafar tarbiyalanuvçisi nazoratsiz qolişi oqibatida boğça hovlisidan çiqib ketgan. Söngra ulardan biri taxminan 1 km uzoqlikdagi fermer xöjaligi dala maydonidan oqib ötuvçi ariqdagi suvdan ölik holda topilgan.
Qolgan ikki bola esa soğlom holda oila davrasiga qaytarilgan. Bolalar taşkilotga qatnovçi bolalar röyxatiga kiritilmagan, ya’ni noqonuniy tartibda qatnagan. Sobiq Maktabgaça ta’lim agentligining aniqlik kiritişiça, mazkur boğça faoliyati tugatilgan.
Jinoyat işida jami uç kişi – 31 yoşli boğça direktori F.M., 31 yoşli tarbiyaçi D.T. va 49 yoşli tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi boşliği A.O‘. ayblangan.
SES rahbari taşkilot uçun ajratilgan xonalar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyeniya normativlariga mos kelmasligini bila turib, ularning jihozlanişi talablarga mos taşkil etilgani töğrisida sohta ma’lumotlar kiritgan hamda boğçaning faoliyat körsatişiga qarşilik bildirmagan.
Jinoyat işlari böyiça Döstlik tumani sudi hukmiga köra:
Direktor F.M. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam ölimiga sabab bölsa) va 167-moddasi 2-qismi «g» bandida (Mansab mavqeini suiiste’mol qiliş yöli bilan özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga 3 yil muddatga maktabgaça va maktab ta’limi sohasida işlaş hukuqidan mahrum etiş va 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi;
Tarbiyaçi D.T. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 3 yil muddatga maktabgaça va maktab ta’limi sohasida işlaş hukuqidan mahrum etiş va 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi;

















