Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevga nisbatan qidiruv e’lon qildi
Ayni vaqtda O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgan 73 yoshli tadbirkor Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhini moliyalashtirishda ayblanmoqda. Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi qarori bilan Salimboy Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi sirtdan ehtiyot chorasi tanlanib, u davlatlararo qidiruvga berilgan.

Salim Abduvaliyev va Qamchibek Qo‘lboyev
«Tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida O‘zbekistonning yirik tadbirkorlaridan biri Abduvaliyev tomonidan «Birodarlar davrasi» xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kirgan Qamchibek Asanbek (Qamchi Qo‘lboyev) uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlandi», — deyiladi Qirg‘iziston MXQsiga tayanib tarqatilgan xabarda.
Shuningdek, MDH davlatlarida bevosita ta’sirga ega bo‘lgan holda, giyohvandlik vositalarini Yevropa davlatlariga olib o‘tish bo‘yicha noqonuniy kanallar tashkil etganlikda ayblanmoqda. U Qamchi Qo‘lboyevga muntazam ravishda moddiy yordam ko‘rsatib kelgan va uni mintaqadagi nufuzli kriminal avtoritetlar qatorida Qirg‘iziston jinoyat olamining yetakchisi bo‘lishiga yordam bergan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qamchibek Qo‘lboyev va Salimboy yaqin munosabatda bo‘lganini aytib, Qo‘lboyevning O‘zbekistonda uyushtirilgan bayramlarga tashrifi rasmlarini e’lon qildi.
Bundan tashqari, Salimboy Abduvaliyev Qirg‘iziston va MDH davlatlarida ma’lum darajada erisha olgan ta’sir doirasini kengaytirib, Qamchibek Qo‘lboyevning uyushgan jinoiy guruhini moliyalashtirgani aytilmoqda.
To‘plangan materiallar asosida Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi qarori bilan Salimboy Abduvaliyevga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanib, u davlatlararo qidiruvga berilgan.
Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev parlament yig‘ilishida sobiq deputat Emil Jamg‘irchiyev o‘zbekistonlik kriminal boshlig‘i Salimboy Abduvaliyevdan yordam so‘ragani va unga maktub yo‘llagani haqida ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Salim Abduvaliyev 2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan. U 2023 yilning dekabr oyida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib ushlangan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

18:24 / 03.04.2025
Chegara muammolari hal bo‘ldimi? Markaziy Osiyoning bugungi manzarasi – ekspertlar nigohida

20:07 / 02.04.2025
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi

16:17 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli ochildi

17:08 / 28.03.2025