Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda tadbirkordan 4 ming dollar olgan soliq xodimiga hukm o‘qildi
Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bosh inspektori 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U kompaniyalarning soliq qarzlarini bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming dollar olayotganida ushlangandi.
Aprel oyida Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bo‘lim bosh inspektori 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Boshqarmaning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori Guliston shahridagi 3 ta MChJga tegishli soliq qarzlarini ularni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berishini aytgan.
Buning uchun 5 ming dollar so‘ragan, shundan 4 mingini olayotganida ushlangan.
Holat yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahri sudida ko‘rib chiqilgan. Hukmga ko‘ra, xodim Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik), 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) orqali aybdor deb topildi.
Unga nisbatan soliq idoralarida har qanday lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
18:32
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
16:35
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
09:20 / 20.06.2026
Tezkor tadbirlarda ikki bank xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
18:38 / 19.06.2026