Oqörda qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi majlisi bölib ötdi.

Davlat rahbari Qozoğiston rahbari va xalqiga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi hamda bu kun Özbekiston-Qozoğiston hamkorligi tarixida alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

- Bugun biz Oliy davlatlararo kengaşning birinçi majlisini ötkazmoqdamiz. Bu mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari rivojida tarixiy voqea hisoblanadi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Sönggi yillarda Özbekiston-Qozoğiston munosabatlari yuqori sur’atda rivojlangani alohida qayd etildi.

Taşrif doirasida Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlari, biznes forumi, siyosiy maslahatlaşuvlar, tahliliy markazlar forumi, intellektual öyinlar muvaffaqiyatli ötkazildi. Kino kunlari, körgazmalar, konsertlar va boşqa köplab tadbirlar davom etmoqda.

Ikki mamlakat rahbarlari 2024-2034 yillarga möljallangan strategik şeriklik va ittifoqçilik dasturi qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu dastur Özbekiston-Qozoğiston döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarida yangi sifat bosqiçi boşlanganini anglatadi.

Majlis davomida davlatimiz rahbari bir qator ustuvor vazifalarni körsatib ötdi.

Avvalo, xalqaro tuzilmalar doirasida pozitsiyalarni muvofiqlaştiriş va umumiy manfaatlarni samarali ilgari suriş muhimligi ta’kidlandi.

Muloqotlar natijadorligini oşiriş, Parlamentlararo forumni ta’sis etiş, Ekspertlar kengaşining qizğin işini davom ettiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Tovar ayirboşlaş hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkaziş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi. Şu maqsadda oy oxirigaça alohida dastur qabul qilinadi. Bunda bozorlarni özaro şakllantiriş, mavjud çeklovlarni bartaraf etişga alohida e’tibor qaratiladi.

Mamlakatimiz yetakçisi sanoat kooperatsiyasining yangi strategiyasini qabul qiliş zarurligini ta’kidladi.

Tomonlar keça bölib ötgan biznes forumi va işbilarmonlik uçraşuvlari yakunlari böyiça 7 milliard dollarlik salmoqli kelişuvlar imzolanganini ijobiy baholadilar.

Gap energetika, logistika, quriliş, kimyo, elektrotexnika, töqimaçilik, agrosanoat va boşqa sohalardagi hamkorlik haqida bormoqda.