Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni yapon tomonining taşabbusi bilan Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari Yaponiya janubi-şarqida kuçli zilzila röy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

Özbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinçi sammitini ötkaziş va boş vazir Kişidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalaştirilgan mamlakatimizga rasmiy taşrifi muddatlarini köçiriş töğrisidagi qarorini töliq tuşunişi ta’kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettiriş va taşrifni taşkil etişning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelişişga ahdlaşib olindi.