Britaniyalik Rozmari Hempson Braun 1926 yilda tuğilgan. Uning maktab yillari Ikkinçi jahon uruşi maşaqqatlari soyasida ötdi, biroq bu matematika va fizika fanlariga iştiyoqi baland qizning Bristol universitetiga öqişga kirişiga tösqinlik qilmadi. 21 yoşida u birinçi darajali imtiyozli diplom oldi, deb yozdi Forbes.

Şundan söng, Rozmari elementar zarralarni örganuvçi maşhur olim Sesil Frenk Pauell tomonidan aspiranturaga taklif qilindi. Bu vaqtga kelib uning jamoasi avval noma’lum bölgan subatom zarraçalar sinfining birinçi namunasi bölgan pi-mezonni (pion) kaşf etgan edi. Sesilning boşqa aspirantlari orasida yadro fizikasi otasi Ernest Ruzerfordning nabirasi Piter Fauler ham bor edi. 1948 yilda Piter bilan birgalikda tajribalar ötkazar ekan, Rozmari mezonlar guruhidan keyinçalik «kaon» deb nomlangan boşqa zarraça mavjudligining belgilarini topdi. Tadqiqotçilar öz xulosalarini Nature jurnalida va boşqa ilmiy naşrlarda çop etişdi. Braunning kuzatişlari elementar zarralar nazariyasining rivojlanişiga kuçli turtki böldi, xususan, Higgs bozonining mavjudligini taxmin qiliş imkonini berdi.

Rozmari Braunning doktorlik dissertatsiyasi katta ilmiy kariyeraning boşlanişi bölişi mumkin edi, ammo 1949 yilda qiz Piter Faulerga turmuşga çiqib, fanni tark etdi. Rozmari eriga yordam berişda davom etdi, lekin heç qaçon özining dissertatsiyasini tugatmadi.

Rozmarining ilmiy rahbari Sesil Pauell 1950 yilda mezonlarni kaşf etgani uçun Nobel mukofotiga sazovor böldi. Piter Fauler ilmiy izlanişlarini davom ettirdi: u birinçilardan bölib aurora hodisasini töğri izohladi, onkologiyani davolaşda pi-mezonlardan foydalanişni taklif qildi va 1986 yilda Çernobil avariyasining radiatsiyaviy oqibatlarini örgandi. 1974 yilda u kosmik nurlar va zarraçalar fizikasiga qöşgan ulkan hissasi uçun Hyuz medali bilan taqdirlandi.

Rozmari (Braun) Fauler 2024 yilda 98 yoşga töldi. 75 yil davomida uning ilmiy yutuqlari butun dunyodagi fizik ayollarni ilhomlantirdi. Joriy yilning iyul oyida Rozmari tahsil olgan, işlagan va inqilobiy kaşfiyot qilgan Bristol universiteti unga faxriy doktor unvonini berdi. Universitet rektori, tibbiyot va fiziologiya böyiça Nobel mukofoti sovrindori Pol Nyors olam tuzilişini tuşunişda insoniyat uçun yangi ufqlarni oçgan jiddiy ilmiy yondaşuvi va izlanuvçanligi uçun Rozmariga şaxsan minnatdorçilik bildirdi.

Rozmari özini oilasiga bağişlaş qarorini pragmatik deb ataydi. Uruşdan keyin va 1954 yilgaça Buyuk Britaniyada oziq-ovqat va boşqa zarur tovarlarni faqat taqsimot kartalari orqali oliş mumkin edi. Ayol şunday oğir şaroitda uç qizini qanday boqiş, qanday tarbiyalaş haqida öylaşi, ilmiy işlarni unutişi kerak edi. Rozmari va Piterning bolalari tabiiy fanlar sohasida ta’lim olişgan. Meri Fauler, qizlarning eng kattasi, geofizika böyiça kariyerasini davom ettirdi va bir neça yil Kembrijdagi Darvin kollejining rahbari sifatida işladi. Meri ham iqlim geologi Yuen Nisbet bilan oila qurdi va onasidan farqli ölaroq fanni tark etişi şart emas edi. Rozmarining nabiralaridan biri Ellen Nisbet mikrobiologiya professori böldi.