Rutube ilovasi AppStore dökonlaridan yöqolib qoldi, deb xabar bermoqda videoxosting ma’muriyati. Rossiya kompaniyasiga köra, bu sanksiyalar tufayli yuzaga kelgan.
«Bizning ilovamiz AppStore ilovalar dökonlaridan öçirib taşlandi. Bu Amerika kompaniyasi sanksiyalari oqibatidir, natijada foydalanuvçilarning mobil ilova orqali xizmatlarimizdan foydalanişi qiyinlaşdi», — deyiladi Rutube xabarida.
Kompaniyadagilarning ma’lum qilişiça, Rutube «AppStore’da eng köp yuklanadigan ilovalar reytingida birinçi örinda bölgan». Xosting vakillarining qöşimça qilişiça, ular ilovaning dökonga qaytarilişiga harakat qiladi. Google Play ilovalar dökonida esa hozirça Rutube turibdi.
Ötgan safar AppStore Rutube ilovasini joriy yilning iyunida öçirib taşlagan edi. Kompaniyaning apellyatsiyasidan keyin oradan ön kun ötgaç, ilova dökonda yana paydo bölib qolgan.
Iyul oyi örtalarida «Rostelekom» operator tarmoq infratuzilmasida foydalaniladigan Google uskunasi işlaşidagi texnik nosozliklar tufayli Rossiyadagi foydalanuvçilar uçun YouTube'dagi ehtimoliy uzilişlar haqida ogohlantirgan edi. Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteyn 25 iyul kuni Rossiya rasmiylari yaqin kunlarda YouTube işini sekinlaştira boşlaşini aytgandi.
Bir neça kundan beri Rossiya Federatsiyasining köplab hududlari aholisi YouTube videoxostingiga kiriş imkoni yöqligidan şikoyat qilmoqda. Kuni keça Rossiyada Signal messenjerini bloklaş boşlangan.











