Ostonaga yiğilgan Markaziy Osiyo yetakçilari jipslaşiş zarurati haqida gapirişdi. Xöş, mintaqa davlatlarini bunga undayotgan omillar qaysilar? Tösiqlar-çi? KXŞTga a’zo Qozoğistonning MOda umumiy mudofaa siyosatiga çorlovi nimadan darak beradi? “Geosiyosat”da bu kabi savollarni siyosatşunoslar Farhod Tolipov va Oybek Sirojov tahlil qildi.

Oybek Sirojovning sözlariga köra, Markaziy Osiyo davlatlariga birlaşuv boşqa davlatlar, masalan Rossiya yoki Xitoy ta’siridan masofa saqlaş uçun ham kerak.

“E’tibor beradigan bölsangiz, mintaqada xavfsizlik masalasi dolzarblaşsa, integratsiya masalasi ham oldinga suriladi: 1992 yil, 1997 yildagi voqealar yoki Afğoniston voqealari ham bunga misol böla oladi”, deydi u.

Sirojov 1990-yillarda ham Markaziy Osiyo birligi böyiça bir neçta platformalar tuzilgani, lekin bular ham içki, ham taşqi sabablar bilan muvaffaqiyatli bölmaganini eslaydi. “Bu yerda mintaqa davlatlari birlaşsa, kim boşliq böladi degan muammo borligi uçun ham bu jarayon sustlaşmoqda. Şuningdek, boşqa yirik taşqi dunyo davlatlari öz içimizdan turli muammolar qözğaşga harakat qilişdi. Bu çegara va suv muammolarida körinadi. Bu esa boşqa davlatlarga qöl keldi”, deydi tahlilçi.

Farhod Tolipovga köra, öşa vaqtlarda OAVda va ilmiy davralarda Markaziy Osiyo integratsiyasiga göyoki boşliq böliş borasida Özbekiston va Qozoğistonning imkoniyatlari taqqoslangan, bu borada raqobat ketmoqda degan fikrlar aylantirilgan. “Lekin bu şunçaki afsona ekani ayon bölgan. Hattoki bir sammitda Karimov va Nazarbayevlarga bir jurnalist şunday mazmundagi savolni berganda, ular juda qiziq javobni berişgan edi. “Biz raqobat heç qanday foyda keltirmasligini tuşunib turibmiz, bizdan keyin xalqimiz qay ahvolda qolişi mumkinligini ham bilamiz va şunga köra izçil harakat qilmoqdamiz”, deb javob berişgan. Agar boşqa geosiyosiy masalalarga aralaşmasdan faqat Markaziy Osiyo integratsiyasini ustuvor qöyadigan bölsa istalgan mintaqa davlatlari boşliqlari bunga munosib, albatta”, – dedi Farhod Tolipov.

Şu hafta Ostonada ötgan navbatdagi maslahat uçraşuvida Şavkat Mirziyoyev milliy ID kartalarni özaro tan olişga çaqirdi. Tahlilçilarga köra, bu taşabbusning amalga oşişi integratsiya yölida juda katta qadam bölgan bölardi.

“Men doim Yevropa integratsiyasini boşqa davlatlarga namuna sifatida körsatiş kerak deb ta’kidlayman. Yevropa ham kiçik harakatlar orqali umumiy siyosiy jarayonni amalga oşirgan va bu ularga bir ruhlantiruvçi ham bölgan. Va mana bu biz körib turgan Yevropa Ittifoqi şakllandi. Markaziy Osiyoda ID-karta orqali çegaradan ötiş amalga oşirilganining özi ham integratsiyaning rivojlanayotganidan dalolat beradi, bu Qirğiziston va Özbekiston örtasida amalga oşirilmoqda. Beşala davlat orasida erkin harakatlaniş imkoniyatining vujudga kelişi integratsiyaning muhim asoslaridan biri böladi”, deydi Farhod Tolipov.