Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi yurishi sekinladi. RF armiyasi Sumi oblasti bo‘ylab zarbalar yo‘llamoqda

Ukrain qo‘shini Kursk oblastida 6 avgust kuni boshlangan harbiy amaliyotni davom ettirmoqda.

Bunga javoban RF armiyasi Ukrainaning Sumi oblastiga (u Kursk oblasti bilan chegaradosh). Xususan, 8 avgust kuni Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux o‘tgan bir kun davomida rossiyalik harbiylar o‘zi uchib boruvchi aviabombalar (KAB) bilan Shostka, Konotop, Sumi va Axtirskiy rayonlariga 56 bor zarba yo‘llagan.

«Bir kun davomida Sumiga KABlar bilan bunchalik ko‘p zarba yo‘llanishini hali ko‘rmagandim», — degan Artyux. Uning ma’lumotiga ko‘ra, chegaradan 7 kilometr masofada joylashgan Mogritsada zarba oqibatida 22 yoshli ayol va uning singlisi halok bo‘lgan.

Keyingi kuni, 9 avgustda, Rossiya mudofaa vazirligi uch tonnalik FAB-3000 bombasi bilan Ukraina quroli kuchlarining Sumi oblasti rayonlaridan biridagi vaqtincha joylashuv punktiga zarba yo‘llagan (vazirlik bu zarba aynan qaysi rayonga yo‘llanganiga aniqlik kiritmagan). Bu hujum oqibatlari to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q.

Quyida Ukraina va Rossiyaning chegaradosh regionlarida bo‘layotgan voqealar aks etgan suratlar.

Ukrainalik jangchilar Sumi oblastida, Rossiya bilan chegara yaqinida tanklarda harakatlanmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
BMP-1 mashinasida ketayotgan ukrainalik harbiy
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Sumi oblasti chegarasidagi aholi yashash punktlaridan birida Rossiya zarbasidan keyingi manzara
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligi 2024 yil 10 avgust kuni e’lon qilgan videodan kadr. Unda Rossiya qo‘shini va harbiy texnikalari Kursk oblastiga olib ketilishi aks etgan
Ministerstvo oborony RF / EPA / Scanpix / LETA