Belgorod viloyatida mintaqaviy darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etildi
Davom etayotgan otishmalar fonida Belgorod viloyati rasmiylari hukumat komissiyasidan mintaqada federal darajadagi favqulodda holat e’lon qilishni so‘ramoqchi.

Foto: Yevgeny Martynov/ITAR-TASS/IMAGO
Belgorod viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatida davom etayotgan hujumi fonida 14 avgust, chorshanba kunidan boshlab mintaqaviy darajadagi favqulodda holat (FH) rejimi amal qila boshladi. Bu haqda ertalab viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgorod viloyatida vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda: «Ukraina Qurolli kuchlari har kuni o‘qqa tutmoqda, uylar vayron bo‘lmoqda, yaradorlar bor, tinch aholi hayotdan ko‘z yummoqda». Gladkovning ta’kidlashicha, rasmiylar hukumat komissiyasiga federal darajada favqulodda holat e’lon qilish talabi bilan murojaat etmoqchi.
Belgorod viloyatida bolalar evakuatsiyasi
Gubernator, shuningdek, mintaqada bolalarni «xavfsiz bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga» evakuatsiya qilish davom etayotganini aytdi. U yerda hozir Belgorod viloyatidan besh ming bola bor, dedi Gladkov.
«Kommersant» gazetasi eslatishicha, «agar sub’yekt hududida 50-500 kishi halok bo‘lsa yoki sog‘lig‘iga zarar yetsa hamda 12 milliondan 1,2 milliard rublgacha zarar ko‘rilsa, mintaqaviy darajadagi favqulodda holat joriy etiladi». Agar qurbonlar soni 500 kishidan ortiq bo‘lsa yoki zarar miqdori 500 million rubldan oshsa, federal favqulodda holat e’lon qilinadi.
Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi
6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Ertasi kuni, 7 avgustda Sudja va Korenev tumanlarida davom etayotgan janglar fonida viloyatda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Kursk va Belgorod viloyatlarining ayrim hududlarida evakuatsiya e’lon qilindi. Rasmiy 200 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilmoqchi, deyiladi mintaqalar gubernatorlari bayonotida.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
Mavzuga oid

23:20 / 28.03.2025
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda

08:45 / 25.03.2025
Ukraina Rossiyaning Belgorod oblastida ilgarilamoqda

10:10 / 09.02.2025
Ukraina generali: «Zalujniy 2022 yildayoq Belgorodga hujumni taklif qilgandi»

22:16 / 31.01.2025