Bojxona qömitasi matbuot xizmatiga köra, joriy yil avgust oyidan Özbekistonga eng köp import bölayotgan iste’mol tovarlari röyxati va hajmi haqida ma’lumotlar onlayn uzatila boşlandi.
Ma’lumotlar eng köp import bölayotgan 31 guruhdan iborat 722 turdagi iste’mol tovarlari röyxati va hajmini öz içiga oladi. Ularni onlayn ravişda kuzatib boriş imkoniyati mavjud.
Buning uçun bojxona qömitasining rasmiy veb sayti – customs.uz’ga kirib, tovarlarning taşqi bojxona statistikasi bölimiga ötiş kerak. Keyingi bosqiçda iste’mol tovarlari importi qismi tanlanadi. Oynaning öng tomonida joylaşgan tugma yordamida hisobot davrini körsatiş orqali import oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar röyxati va hajmi bilan tanişib, kerakli bölgan tovar guruhini tanlaş yöli bilan uşbu tovarlarning qiymati va ösiş dinamikasini köriş mumkin. Barça ma’lumotlarni excel formatida yuklab oliş imkoniyati ham bor.

Qömita matbuot xizmati rahbari (vazifasini bajaruvçi) Husan Tangriyevning Kun.uz’ga aytişiça, 2024 yilning 17 iyul kuni davlat rahbari boşçiligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida eng köp import qilinayotgan tovarlar haqida onlayn ma’lumot beriş funksiyasini işga tuşiriş borasida topşiriq berilgan.
“Tadbirkorlar Özbekistonga qaysi tovar eng köp import qilinayotgani haqidagi ma’lumotlarni bilsin va şunga qarab biznesi, işlab çiqarişini yölga qöysin degan maqsadda şunday funksiyani işga tuşirdik”, - dedi u.
Eng köp eksport qilinayotgan tovarlar va davlat kesimida qaysi mahsulot qança import qilinayotgani haqida ma’lumotlar hozirça mavjud emas. Husan Tangriyevning qöşimça qilişiça, bu takliflar bildirilgan.
“Köpdan beri tadbirkorlarning bunday ma’lumotlarga “dostupi” bölmagan. Ma’lumotlar yanada kengayişi, qöşimça ma’lumotlar qöşilişi mumkin. Davlatlar kesimida ham raqamlar oçiqlanişi mumkin”, - dedi u.

















