Falastin prezidenti Mahmud Abbos Falastin ma’muriyatining barça a’zolari bilan birga Ğazo sektoriga boriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (parlament) nutqi çoğida aytib ötdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
«Bizda boşqa yeçim qolmadi. Şu munosabat bilan men va Falastin ma’muriyatining barça a’zolari Ğazoga borişga qaror qildik va biz buni amalga oşiramiz», dedi u.
Abbos Turkiyaning Falastin xalqi qonuniy huquqlarini himoya qiliş borasidagi pozitsiyasini yuksak qadrlaşini ta’kidladi. U Ğazo sektori aholisiga ön minglab tonna gumanitar yordam jönatgani uçun Turkiyaga minnatdorçilik bildirdi.
Uning ta’kidlaşiça, Falastin xalqi öz yerlarini ozod qiliş uçun kuraşdan voz keçmaydi.
«Falastinliklar öz huquqlarini himoya qilişda davom etadi va öz yerini taşlab ketmaydi. Falastin xalqi bosqinçilarni öz yeridan albatta quvib çiqaradi. Xalqimiz nafaqat Falastinni himoya qiladi, balki butun mintaqada hukmronlik qilmoqçi bölgan sionistik harakatdan Islom ummatini himoya qilişda oldingi safda turadi. Qanday qilib xalqaro hamjamiyat Isroil tomonidan qoçqinlar lagerlarida, jumladan, Ğazo sektoridagi maktabda yuzdan ortiq odamlar öldirilgan, har kuni amalga oşirilayotgan qirğinlarga sukut saqlaydi? Xalqimiz qanday qilib bölsa ham, bosqinçilarni haydab çiqaradi. Ğazo sektori, Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddus mustaqil Falastin davlatini taşkil etuvçi geografik birlikning nomidir. Tinçlik va xavfsizlik sari yöl Falastindan boşlanib, Falastin bilan tugaydi», dedi Falastin rahbari.
Mahmud Abbos Falastindagi barça siyosiy kuçlarni birlaştiriş zarurligini ta’kidladi. Unga köra, Falastin ma’muriyati bu yönalişda sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda. «Falastin ğalabasiga yöl uning birligidan ötadi», deb ta’kidladi u.
«Bizning hayotimiz Ğazo sektoridagi har qanday bolaning hayotidan qimmatli emas. Bosqinçilar mağlub bölişga mahkum. Falastin ozod böladi. Prezident Erdöğan va turk xalqiga Falastinni qöllab-quvvatlaganligi uçun minnatdorlik bildiraman», dedi Abbos nutqi oxirida.
Ta’kidlanişiça, Falastin rahbarining nutqi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va parlament a’zolari tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.














