O‘zbek sporti Parij olimpiadasida o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. 13 ta medal, xususan 8 ta oltin olgan O‘zbekiston delegatsiyasi 206 ta davlat orasida 13-o‘rin, possovet makoni, turkiy dunyo va musulmon mamlakatlari orasida 1-o‘rin, Osiyo bo‘yicha esa 4-o‘rinni egalladi.

Gazeta.uz nashri bu olimpiadaga tayyorgarlik va sovrindorlarni taqdirlash O‘zbekiston budjetiga qanchaga tushganini o‘rganib, olingan ma’lumotlarni boshqa davlatlar bilan taqqosladi.

Tayyorgarlik va qatnashish xarajatlari

Avvalgi yillardagi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlarga ko‘ra, 2024 yilgi yozgi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va unda ishtirok etish uchun:

Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, Parij olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun jami 601 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Har bir yil uchun o‘rtacha dollar kursida bu taxminan 50,55 mln dollarni tashkil qiladi.

Taqdirlash xarajatlari

Prezident farmoniga ko‘ra, olimpiada chempionlari 200 ming dollar, kumush medal sohiblari 100 ming dollar, bronza medal sovrindorlari  50 ming dollar bilan mukofotlandi. Murabbiylar esa mos ravishda 50 ming, 25 ming va 12,5 ming dollar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shunga ko‘ra, olimpiadaning 8 nafari g‘olibiga jami 1,6 mln dollar, ikkita kumush medal sohibiga jami 200 ming dollar, bronza medalini olgan uch sportchiga esa jami 150 ming dollar topshirildi. Shu tariqa, sportchilarning mukofot jamg‘armasi 1,95 mln dollarni tashkil etdi.

Gazeta.uz'ning qayd etishicha, murabbiylarning qanchasi mukofot puli olishi hozircha noma’lum, biroq har bir sportchi uchun bitta murabbiy mukofot oladi, deya hisoblasak, miqdor 487,5 ming dollarni tashkil qiladi.