DXX kubogi Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Foto: Tribuna.uz
2021 yildan boshlab respublika yoshlari o‘rtasida futbol hamda mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Yoshlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur ommaviy sport tadbirining nufuzi va geografiyasi tobora ortib bormoqda.
Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol hamda qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o‘tkazilmoqda.
Birinchi bosqich – tuman/shaharlar kesimida aprel-may oylarida o‘tkazildi.
Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o‘tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo‘yicha 251 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.
Respublika bosqichi – 19–23 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida, final o‘yini esa 24 avgust kuni “Jar” stadionida o‘tkaziladi. Unda 42 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi.
Respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 09:54
-
Mers Kiyevga TAURUS yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:50
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

11:50 / 13.04.2025
Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

12:15 / 01.02.2025