Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) matbuot kotibi Ali Muhammad Nainiy sözlariga köra, mamlakat armiyasi Tehronda Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning öldirilişiga javoban Isroilga hujum qilişga şoşilişi kerak emas, deb hisoblaydi. Eronning javobi avvalgi operatsiyalardan farq qilişi mumkin, dedi u.

«Vaqt biz tomonda va jinoyatçi sionistik rejimga javob zarbasi berilişini kutiş davri uzoqqa çözilişi mumkin», deb uning sözlaridan Mehr agentligi iqtibos keltirdi.

Nainiyning qöşimça qilişiça, Eron qömondonlari «duşmanni samarali jazolaş tajribasiga ega va şoşqaloqlik bilan harakat qilişga moyil emas». Şuningdek, u avvalroq Eronga qilingan heç bir hujum javobsiz qolmaganini aytdi.

Avvalroq, Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Husayn Jobiriy Ansoriy Tehronning javob zarbasi şakli va vaqti mojaroning rivojlanişiga boğliqligini aytgan edi. Uning sözlariga köra, Eronning javobi «har tomonlama, ammo aniq» böladi.

Eron 31 iyul kuni Tehronda Hamas siyosiy byurosi rahbari öldirilişi ortidan Isroilga qarşi yirik hujum uyuştirişga va’da berdi. Reuters agentligining xabar berişiça, Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş kelişuviga erişilsa, Eron hujumni keçiktirişi mumkin.