Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: Armanistonning KXShTda to‘liq hamkorlikka qaytishi uchun eshiklar ochiq
«Oxir-oqibat, respublikaga barqarorligining kafolati sifatida KXShT va Rossiyadan boshqa muqobil variantlar yo‘q», deb hisoblaydi Rossiya TIV.
Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)da to‘liq hamkorlikka qaytishi uchun eshiklar ochiq. Bu haqda RIA «Novosti»ga Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyan ma’lum qildi.
«Hozirgi bosqichda Armanistonning KXShTda to‘liq hamkorlikka qaytishi uchun eshiklar ochiq. Umid qilamizki, arman hamkorlar o‘z shubhalarini yengib, do‘st arman xalqining strategik manfaatlari yo‘lida hamkorlikka sodiqliklarini yana bir bor namoyish etadilar», — dedi Agasandyan.
Uning qayd etishicha, Armaniston oldida KXShT doirasidagi majburiyatlar o‘zgarishsiz qolmoqda.
«Armanistonning KXShTning umumiy ishidagi ishtirokiga kelsak, hozir Yerevanda bunday o‘zaro aloqalardan voz kechish ustunlik qilmoqda. Bu pozitsiya, biz ko‘rib turganimizdek, Armaniston xalqi manfaatlariga zid keladi va milliy xavfsizlikni sezilarli darajada zaiflashtiradi. Oxir-oqibat, respublika barqarorligining kafolati sifatida KXShT va Rossiyadan boshqa muqobil variant yo‘q. Tashkilot doirasidagi o‘zaro majburiyatlar o‘zgarishsiz qolmoqda», - dedi Agasandyan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026