Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiynalgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Armagan”, Chelyabinskdagi “TsK Noviy vek”, “YevroDom”, “Energoinjiniring” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgargani, fuqarolarning chet elda ishlashi uchun sharoitlar yaratish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, kafolatli mehnat bozori bilan ta’minlash, qaytib kelgandan keyingi taqdiriga befarq bo‘lmaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada yurtdoshlarni mazkur korxonalarda ish bilan ta’minlashga kelishib olindi.
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Mavzuga oid
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
13:27 / 14.10.2025