Qöşma Ştatlar Rossiya bilan aloqador bölgan 400 ga yaqin kişi va taşkilotlarga qarşi sanksiyalar kiritdi. Mamlakat Moliya vazirligining 23 avgust, juma kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilinişiça, sanksiya qöyilgan kompaniyalar va jismoniy şaxslar Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötişda va uni Ukrainaga qarşi uruşda foydalanilgan tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaşda yordam bermoqda.
Boşqalar qatorida, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning öğli va kelini, Moskva zargarlik zavodi, Volga-Dnepr aviakompaniyasi, AirBridgeCargo, «Norilsk Avia», Magnitogorsk temir-pölat zavodi, şuningdek suyultirilgan gazni taşiş uçun kemalar sanksiya ostida qoldi.
YeIning Rossiyaga qarşi sanksiyalari 14-paketi
Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan harbiy hujumiga javoban Rossiya Federatsiyasiga qarşi 14-sanksiya paketi 24 iyun kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan nihoyat tasdiqlandi. U, xususan, Rossiyaning suyultirilgan gaz sanoatiga qarşi çoralar va Yevropa kompaniyalarining uçinçi mamlakatlardagi şu’ba korxonalari tomonidan sanksiyalarni çetlab ötişni öz içiga oladi. Rossiya Federatsiyasining 116 jismoniy va yuridik şaxslari ham çeklovlarga duç keldi.
«Rossiya SWIFT'i» deb ataladigan tizim ham sanksiyalarga duçor böldi: Markaziy bank tomonidan yaratilgan moliyaviy xabarlarni uzatiş tizimi ("SPFS"), u orqali Rossiya bilan ba’zi operatsiyalar amalga oşirilgandi. Markaziy bank ma’lumotlariga köra, yil boşida "SPFS" 556 rus va xorijiy foydalanuvçilarga ega edi. Ulardan 159 tasi 20 ta xorijiy davlatdan, şu jumladan 58 tasi bankdir. Bloomberg xabar berişiça, ular orasida Xitoy, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qozoğiston banklari bor.













