Şavkat Mirziyoyev Jahon savdo taşkilotiga a’zolik jarayoni 2 yilda yakunlanişiga işonç bildirdi. Özbekistonning ittifoqçilari soni yana bittaga köpaydi. Toşkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda. Qator hududlarda soqol östirgan fuqarolar jarimaga tortilayotgani ma’lum böldi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Ötgan yili 1 noyabrdan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga bir qator yangi moddalar qöşilgan edi. Şu hafta ma’lum bölgan holatlardan kelib çiqilsa, yangi moddalardan biri böyiça Oliy sud plenumining tuşuntirişi yoki Konstitutsiyaviy sudning şarh berişiga zarurat bor.

Kodeksning 184 prim 4-moddasiga köra, fuqarolarga şaxsini identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda jamoat joylarida böliş taqiqlangan. Buning uçun BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça jarima belgilangan. Oliy sud saytidagi sud qarorlari bazasiga qaraganda, içki işlar organlari va sudlar qator holatlarda bu moddani soqol qöygan fuqarolarga nisbatan ham qöllamoqda. Ya’ni jamoat joyida soqol östirib yuriş – şaxsni identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzni tösiş deya malakalanyapti.

Turli hududlardagi sudlarning qarorlaridan ma’lum bölişiça, içki işlar organlari “diniy muhitni soğlomlaştiriş” böyiça reydlar ötkazib turibdi. Bu reydlarda soqoli ösgan erkaklar yuqoridagi modda asosida jarimaga tortilişi holatlari kuzatilyapti. Sudlarning bunga munosabati esa turliça: ayrim sudlar ayblovni ma’qullab, fuqaroni jazolayotgan bölsa, yana ayrim sudlar fuqaroni soqol östirgani uçun bu modda asosida ayblab bölmaydi, degan qarorga kelmoqda.

Umuman olganda esa, 184 prim 4-modda böyiça huquqbuzar deb topilayotgan fuqarolarning aksariyatini xotin-qizlar taşkil etadi. Bu modda kuçga kirganidan keyin ötgan 10 oy içida ayni masalaga doir 800 ga yaqin iş körilgan bölib, ularning yarmi birgina Andijon viloyatiga töğri keladi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti

Bundan buyon heç kimda alohida huquq bölmaydi. Xoh davlat strategik korxonasi bölsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bölsin, iqtisodiyotda hamma teng şaroitda böladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni, tadbirkorlar bilan an’anaviy muloqoti vaqtida aytib ötdi. Davlat rahbarining sözlariga köra, Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga 2026 yilda a’zo böliş böyiça katta qadamlar qöyyapti.

“Uşbu taşkilotga kiriş – çuqur öylangan va uzoqni közlagan tanlov, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga şubha bilan qarayapti, “korxonalar sinadi, import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi.

Bir narsani tuşuniş zarur, import bojlari işlaydi. Şuning uçun, taşkilot a’zolari bilan muzokaralar ötkazyapmiz. [...] Ertangi kunimiz – bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy ösiş biz kutgandek bölmaydi”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev yuridik şaxslarning limitdan taşqari elektr va gaz iste’molçi uçun oşirilgan tarif pasaytirilişini ma’lum qildi. Hozirda tadbirkorlar limitdan oşgan iste’mol uçun 2 barobar narxda tölayapti. Yangi tartibga asosan, bu çeklov qisqartirilib, limitdan 20 foizgaça ortiq iste’mol bazaviy tarifda, undan ortiği esa bazaviy tarifga nisbatan hozirgidek 2 barobar emas, 20 foizga yuqoriroq narxda hisob-kitob qilinişi kutilmoqda. Bundan taşqari, tadbirkorlik reytingida “yuqori” va “örta” toifalardagi korxonalarga elektr uçun oldindan tölovni bir oyda ikkiga bölib tölaşga ruxsat beriladi.

Prezident oçiq muloqotda tadbirkorlar uçun yana köplab ijobiy yangiliklarni e’lon qildi. Bu galgi muloqot Nukus şahrida bölib ötdi va muloqotdan bir kun oldin Qoraqalpoğistonga taşrif doirasida hududni rivojlantiriş böyiça navbatdagi çoralar belgilab olindi. Qoraqalpoğiston aholisiga qulay şaroitlar yaratib beriş uçun respublika budjetidan yil yakunigaça qöşimça 100 milliard söm ajratiladigan böldi. Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosini nazorat qiliş prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva va prezident maslahatçisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatildi.

YTHlarning 11 foizini “prava”si olib qöyilgan haydovçilar sodir etmoqda

Özbekistonda haydovçilik guvohnomasi olib qöyilgan şaxslar rulga ötirib, avariya sodir etişi oqibatida har yili yuzlab odamlar halok böladi. Ötgan yili bunday şaxslar 707 ta yöl-transport hodisasini sodir etgan. Ularda 212 kişi vafot etgan, 546 kişi jarohatlangan. Bu haqda Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov Yöl harakati xavfsizligi xizmatining yangi boşliği Şerzod Ibragimov bilan uçraşuvda aytib ötdi.

Bu örinda, organ xodimlarining foto-videolari haqidagi modda sababli köpga çözilayotgan, aslida qoidabuzar haydovçilarni tiyişga qaratilgan qonunni yana eslatişga töğri keladi. Ötgan hafta Senatdan qaytarilgan qonunda nafaqat jarima ballari tizimini joriy etiş, balki transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan şaxs yana rulga ötirsa, uni jinoiy javobgarlikka tortiş ham közda tutilgan edi. Bizningça, “prava”si olib qöyilgan haydovçilar yiliga 200 kişini öldirayotgani, yana 550 kişini jarohatlayotgani – amaldagi tizim qançalik samarasiz işlayotganini körsatib turibdi.

Qutbiddin Burhonov respublika “GAI” boşliği bilan muloqotda piyodalar uçun svetoforlar kamligi masalasiga urğu bergani e’tiborga molik. U aholi gavjum joylardagi piyodalar ötiş joylariga svetoforlar qöyilmayotganini tanqid qilgan. Şunga qaramay, rasmiy xabarga ilova qilingan takliflar röyxatidan piyodalar uçun svetoforlarni köpaytiriş masalasi örin olmagan.

Energetikadagi xabarlar

Özbekiston–2030 strategiyasiga köra, mamlakatimizda tabiiy gaz qazib oliş hajmi 6 yil içida 32 foizga oşib, 62 mlrd kub metrga yetişi kerak. Lekin amalda qazib oliş hajmlari yildan yilga qisqarişda davom etyapti. Statistika agentligining ma’lum qilişiça, şu yil yanvar-iyul oylarida gaz qazib oliş hajmi 4,8 foizga kamaygan. Import hajmi esa katta sur’atlarda oşyapti: 7 oylik gaz importining qiymati salkam 1 mlrd dollarga yetib qolgan. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 5 barobarga köp.

Oxirgi vaqtlarda dizel va propan ta’minotidagi vaziyat ham köpçilikning diqqat markazida bölib turibdi. 22 avgust kuni birjada propan narxi tonnasiga 8,8 mln sömgaça çiqdi, bu 3 oy oldingi narxlardan 84 foizga yuqori. Dizel masalasida esa, bu yoqilği importi oxirgi 2 yilda 7,3 barobarga oşgani muhokamalarga sabab böldi, çunki dizel importining bunday keskin oşişi GTL zavodi dizel işlab çiqara boşlaganidan keyingi davrga töğri kelgan. Bu zavod Özbekistonda dizel, propan va aviakerosin ta’minotini yaxşilab, bu mahsulotlar narxlarini arzonlaştirişi kutilgan edi. Amaldagi vaziyat esa zavod qurilişi uçun “Özbekneftgaz” qarzlar hisobidan 3,4 mlrd dollar sarflaganiga nisbatan savollarni yuzaga keltiryapti.

Dizeldan taşqari, oxirgi 1 yilda mazut importi 2 barobarga, benzin importi esa 1,5 barobardan köproqqa oşgan. Bu ma’lumotlarni oçiqlagan Bojxona qömitasi tabiiy gaz böyiça raqamlarni taqdim etmadi. Agar oçiqlanganida, bu – Özbekiston gazni örtaça qança narxdan sotib olayotgani va qança narxga eksport qilayotganini biliş imkonini bergan bölardi.

Energetika sohasida haftaning muhim xabarlaridan yana biri – Farğona neftni qayta işlaş zavodining bir qismi qayta sotilgani böldi. Saneg kompaniyasining ma’lum qilişiça, zavod aktivlarining bir qismi Amerikaning Air Producs kompaniyasiga 140 mln dollarga sotilyapti. E’tiborlisi, Saneğning özi ikki yil oldin neftzavodni tölaligiça 100 mln dollarga xususiylaştirib olgandi. Kompaniya buning uçun davlatga tölovni hali töliq amalga oşirmagan.

Korrupsiya holatlari

Namangan viloyati hokimining sobiq örinbosari Saidahmad Sultonovga nisbatan sud hukmi öqildi. Ma’lum bölişiça, u yöllar qurilişi böyiça loyihalarni heç qanaqa tendersiz bitta kompaniyaga topşirib, buning uçun kompaniya rahbaridan kamida 50 ming dollar olgan. Bundan taşqari, Sultonov tadbirkorlardan “Navbahor” futbol klubi uçun homiylik mablaği deya 30 ming dollar olib, uni şaxsiy maqsadlariga işlatib yuborgan. Şu va boşqa jinoyatlari uçun viloyat darajasidagi sobiq amaldor 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hafta davomida yana qator mahalliy rahbarlar ustidan jinoyat işlari oçilgani ma’lum böldi. Xususan, Andijon viloyati Baliqçi tumani hokimi örinbosari 30 ming dollar bilan qölga olingan. U 2019 yilgi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, hokimlik zaxirasidagi yer maydonini sotmoqçi bölgani aytilmoqda. Şuningdek, Şahrisabz şahri hokimining mahalladagi yordamçisi jinoiy şeriklari bilan birga fuqarolar nomiga 1,2 mlrd sömlik kredit olib, talon-toroj qilgani aniqlandi. Bundan taşqari, Toşkent va Jizzaxda ham hokim yordamçilari pora bilan qölga tuşdi: yer sotişga uringan Örta Çirçiq hokimining yordamçisi 13 ming dollar, şifoxonaga işga joylab qöyişni va’da qilgan Ğallaorol hokimi yordamçisi esa 1200 dollar olgan vaqtida uşlangan.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Özbekiston va Ozarboyjon özaro munosabatlarni ittifoqçilik darajasiga olib çiqdi. Bu haqdagi şartnoma 23 avgust kuni Ilhom Aliyevning Özbekistonga davlat taşrifi doirasida imzolandi. Muzokaralarda tomonlar Özbekistondan Ozarboyjon orqali Yevropaga yaşil energiya eksport qiliş loyihasini tezlaştirişga kelişib oldi. Eslatib ötamiz, Özbekiston şu yil aprelda Tojikiston bilan, 2021 yilda esa Qozoğiston bilan ham ittifoqçilik munosabatlarini örnatgan edi.

Toşkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi. Bu haqdagi qonun 20 avgust kuni Qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötdi. Hujjat kuçga kirgaç, Toşkent şahri va viloyati uçun alohida belgilangan, konstitutsiyaga zid, diskriminatsion tartibdan voz keçiladi va butun respublika hududida yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişning yagona tartibi amal qila boşlaydi. Bunda, yaşaş joyini özgartirgan fuqaro bu haqda “pasport stol”ga xabar berib qöyişi yetarli böladi. Eslatib ötamiz, aslida bu qonun loyihasi parlamentga bundan bir yil oldin kiritilişi kerak edi.

“Davlat sirlari töğrisida”gi qonun “sirli” tarzda qabul qilindi. Qonunçilik palatasining seşanba kungi majlisi doimgidek onlayn efirga uzatib borilgan bölsa-da, köp ötmay efirdan taşqarida ham majlis bölgani oydinlaşdi. Unda deputatlar “Davlat sirlari töğrisida”gi qonunni qabul qilgan. Yopiq tarzda qabul qilingan qonun “oçiqlik siyosatini yanada kengaytirişi” aytilmoqda. Xususan, inson huquqlarining buzilişiga oid ma’lumotlarni maxfiylaştiriş taqiqlanadi.

“Taşabbusli budjet”ning 2-mavsumida ovoz beriş jarayoni boşlandi. 2 trillion sömlik budjet mablağiga 23 mingdan ortiq taşabbus da’vogarlik qilyapti. Bu mavsumdan boşlab, majburiy ovoz töplaşga qarşi kuraşiş uçun, ovoz beriş muddati 10 kungaça kamaytirildi. Şuningdek, aholisi kam mahallalarning imkoniyatini oşiriş maqsadida, oxirgi ikkita mavsumda ketma-ket ğalaba qozongan mahalla va taşkilotlarning ğolib çiqişiga çeklov örnatildi. Ovoz beriş jarayoni 1 sentabrgaça davom etadi. Majburiy ovoz töplaş holatlari haqida 1282 işonç telefoni orqali xabar beriş mumkin.

Özbekistonga maişiy texnika mahsulotlari importi keskin kamaydi. Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, yilning birinçi yarmida konditsioner importi 1,5 barobarga qisqargan. Sovitkiç va muzlatkiçlar importi 35 foizga, dazmol importi 46 foizga, televizor importi 43 foizga kamayib ketgan. Eslatib ötamiz, şu yil 1 fevraldan boşlab maişiy texnika mahsulotlari importiga qator notarif tösiqlar qöyilgan, mahalliy işlab çiqaruvçilarga esa imtiyozlarning yangi paketi taqdim etilgan edi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova