Qozoğistonning Kaspi.kz moliya texnologiyalar kompaniyasi «Humo» tölov tizimi xususiylaştirilişida iştirok etiş istagini bildirdi. Bu haqda kompaniya rahbari Mixail Lomtadzega tayanib, Forbes xabar berdi.

Kaspi.kz tomonidan uşbu xususiylaştiriş jarayoniga Davlat aktivlarini boşqariş agentligining xalqaro konsultanti sifatida jalb qilingan Delloite’ga rasmiy qiziqiş xati yuborilgan.

Lomtadzening sözlariga köra, Kaspi.kz naqd pulsiz tölovlar ösişiga hissa qöşadigan tölov texnologiyalari va xizmatlarini rivojlantiriş böyiça katta tajriba olib kirib, joriy «Humo» biznes modelini rivojlantirişni rejalaştiryapti.

Uning qöşimça qilişiça, Kaspi Özbekistonda texnologiya va xodimlarga «katta sarmoya» kiritiş niyatida, bu «Humo» tölov xizmatlarini barça iştirokçilar uçun yanada samarali va qulayroq qiladi.

«Uşbu sarmoya «Humo»ning rivojlanişiga qöşimça jadallik baxş etadi, texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va innovatsiyalar uçun namuna böladi. Bu, öz navbatida, Özbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi yanada oşişiga olib keladi va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etişning ösişi uçun harakatlantiruvçi omil böladi», — dedi Lomtadze.

Ma’lumot uçun, 2024 yilda Kaspi.kz AQŞning NASDAQ fond birjasida IPO ötkazdi va bu sönggi ikki yil içidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallaşuvi taxminan 24 milliard dollarni taşkil etadi.

«Humo» tölov tizimi haqida

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank tölov kartalariga asoslangan «Humo» tölov tizimi Özbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oşirişga möljallangan bölib, Özbekiston tölov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat tölov tizimining operatori faoliyatini amalga oşirişga doir Markaziy bankning tegişli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd söm;

Ayni paytda 27 milliondan ortiq «Humo» kartalari çiqarilgan bölib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar örnatilgan.

Avvalroq, «Humo» tölov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani xabar qilingandi