Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
2024 yil fevral oyidan buyon Caudiya Arabistonining Makka shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, u shu yilning yanvar oyida oila a’zolari bilan ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelgan va keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino kasalxonasiga davolanish uchun yotqizilgan. Vatandoshning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qo‘yilgani tufayli O‘zbekistonga qaytishga bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Shu vaqt davomida O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi I.I.ning oilasiga zarur maslahat yordamini ko‘rsatgan va diplomatlar Saudiya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan birgalikda vatandoshni O‘zbekistonga qaytarilishida ko‘maklashdi.
Barcha masalalar hal etilgach, joriy yilning 22 avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yo‘l hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi ta’minlandi.
Natijada, joriy yilning 23 avgust kuni fuqaro I.I. va uning o‘g‘li J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga jo‘natildi.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
21:48 / 14.09.2025
Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar qisqa muddatlarda vatanga qaytariladi
18:09 / 15.08.2025
“Umra–2025/26” ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
17:32 / 04.06.2025