
Radioboshlovchi, vayner Akmal Mirzo va shoir Botir Ergashev “Oriat dono” radiosida efirga beriladigan “Biz kim” tok shousida davlat tashkilotlaridan budjet pulining qanday ishlatilayotganini so‘rayotgan jurnalist va blogerlarni malomat qildi.
Xususan, Akmal Mirzo o‘zbek xalqini soliqlardan qochib yuradiganlar deya ta’rifladi.
“Bizning xalqimizda mana shunday bir tendensiya paydo bo‘ldi. Ishoning, hamma aqlli bo‘lib ketdi, budjet pulining hisob-kitobiga o‘tib ketdi. O‘zi asli soliqlardan qochib yuradigan xalqmiz. Yo noto‘g‘rimi? Biz maksimum harakat qilamiz, buxgalterning zo‘rini olamiz, bir narsa qilib soliq to‘lamasak, bir narsa qilib aldab qochsak-da. Uni qilib bo‘lgandan keyin, buyoqda chiqib: “Soliqlardan...” deb ayyuhannos solishni bilamiz. O‘zi aksari sohalarda soliq to‘lashni qoyil qiladigan xalq emasmiz. Bunday qarasang, O‘zbekistonni boqyapman deb yuboradi. Iye, kimsan sen o‘zi?!” – deydi vayner.

Botir Ergashev vazirdan davlat mablag‘larining qanday ishlatilgani bo‘yicha hisob so‘ragan odamni o‘zining nazarida qanday “mot qilgani” haqida aytib berdi.
“Ikki-uch kun bo‘ldi. Bittasi ijtimoiy tarmoqda trendga chiqqan mavzu bo‘yicha nima qiluvdi, men savol berdim: qayerda ishlaysiz, dedim. Hech qayerda ishlamayman dedi. Hech qayerda ishlamasdan turib qanaqasiga men soliq to‘layapman, deb yotibsiz dedim. Qayerdan to‘laysiz soliqni, dedim. Onangizni pensiyasidan yo otangizni pensiyasidanmi, qayerdan to‘layapsiz? Shunday desam, bo‘ldi, xayr... Javob yo‘q. O‘sha odam vazirning yoqasidan olyapti, sen soliqdan yig‘ilgan pullarimni qayerga sarflayapsan, deb”, – dedi shoir.
Akmal Mirzo Madaniyat vazirligini tanqid qilgan bloger va jurnalistlardan “aqli yetsa” Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining budjeti haqida ham yozishni so‘radi.
“Men iltimos qilaman mutaxassislardan. Shunaqa gapiradiganlarning davlatga to‘laydigan solig‘ini chiqarib beringlar, iltimos. Keyin men to‘layotgan soliqlari uchun unga davlat tomonidan yaratib berilayotgan imtiyozlar, sharoitlar haqida gapirib beraman. Qo‘pol qilib aytganda, uning bir yil to‘lagan solig‘i bir kun tinch yashashiga yetmaydi! Bir yil to‘lagan solig‘i bir kun tinch yashashiga yetmaydi! O‘zi asli. Shunaqa! Xohlaysizlarmi, xohlamaysizlarmi, shunaqa! Yoqmayaptimi, eshitmanglar.










