Toşkent Kimyo xalqaro universiteti Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son qarori asosida respublikadagi birinçi nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat olib boradi.

Universitet ISO 9001/2015 xalqaro standarti sertifikatiga ega bölib, bugungi kunda bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça sifatli oliy ta’lim xizmatlarini körsatib kelmoqda.

Universitet nodavlat oliy öquv yurtlari orasida birinçilardan bölib bitiruvçilari mavjud bölgan 16 ta ta’lim dasturi böyiça IQAA (Independent Agency for Quality Assurance in Education) va KazSEE (Kazakhstan Association for Modern (Elite) Education) xalqaro mustaqil agentliklarining Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş töğrisidagi sertifikatlarini qölga kiritgan.

Hududlarda yoşlarni oliy ta’lim tizimiga keng jalb qiliş va ularni malakali mutaxassis sifatida tayyorlaş maqsadida Universitetning Namangan filiali hamda Samarqand filiali faoliyat yuritib kelmoqda.

Oliy ta’lim muassasasining hamkor universitetlar bilan akademik mobillik dasturlari ham mavjud. Universitetda talabalarga “2+2”, “3+1”, “1+3”, “2+1+1” kabi almaşinuv ta’lim dasturlari imkoniyatini taqdim etiş orqali ilğor zamonaviy bilimlarni oliş uçun qulay şart-şaroitlar yaratilgan. Mazkur xalqaro dasturlarda tahsil olgan talabalarga bir vaqtning özida Toşkent Kimyo xalqaro universitetining bakalavr va magistr diplomlari beriladi.

Universitetda talabalarning nazariy bilimlarini kuçaytiriş barobarida amaliy könikmalarini ham şakllantiriş, mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantiriş maqsadida iqtisodiyotning real tarmoqlari sub’yektlari bilan akademik va amaliyotga oid aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi. Öquv jarayonlariga nufuzli xorijiy va mahalliy universitetlar professor-öqituvçilarini, malakali mutaxassis va amaliyotçilarni jalb etiş bilan birga, uning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini kuçaytiriş işlari ham olib borilmoqda.