1 sentabr kuni Rossiyaning Nijyegorodsk oblasti hududida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi: “Vostok” avtomagistralining 375 km.da “Qozoğiston-Moskva” yönalişida harakatlangan Hyundai mikroavtobusi va KІA serato maşinasi töqnaşgan.
Kun.uz manbasiga köra, YTH oqibatida 7 nafar Özbekiston fuqarosi voqea joyida halok bölgan. Voqea joyida jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida tez tibbiy yordam vertolyoti jalb qilingan.
YTHda Atoyev Azim Axroroviç (1992 yilda tuğilgan, Buxoro viloyati Romitan tumanida yaşagan), Abdullayev Ikrombek Sadullayeviç (1983 yilda tuğilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida yaşagan), Akimniyazov Xasen Ubaydullayeviç (1986 yilda tuğilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida yaşagan), Nazarov Zafarbek Ilhomiddin öğli (1993 yilda tuğilgan, Navoiy viloyati Xatirçi tumanida yaşagan), Nomozov Zarif Normamatoviç (1981 yilda tuğilgan, Samarqand viloyati Narpay tumanida yaşagan), Mahmudova Hakimaxon Şermaxammatovna (1978 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yaşagan), Tulyakov Sadriddin Sa’dullayeviç (1973 yilda tuğilgan, Navoiy viloyati Karmana tumanida yaşagan) halok bölgan.
“Oddiy oilaning oddiy bolasi edi. Ortida 3 nafar farzandi qoldi. Kiçik qizi hali 2 oylik çaqaloq edi, körmay ketdi. Bu ota-onasi uçun oğir musibat böldi”, deydi marhum Azim Atoyevning Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan yaqini.
YTH oqibatida Abduraxmonov Abrorbek Bahodir öğli (2005 yilda tuğilgan, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yaşaydi), Usmonova Maharramxon Tolibjon qizi (1991 yilda tuğilgan, Andijon viloyati Andijon tumanida yaşaydi), Umbarov Uluğbek Yangiboyeviç (1967 yilda tuğilgan, Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida yaşaydi) turli darajada tan jarohati olgan. Ular Viksa şaharçasidagi tibbiyot muassasasiga joylaştirilgan.
Dastlabki xabarda Hyundai mikroavtobusini 32 yoşli tojikistonlik haydovçi boşqargani aytilgandi.

















