Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi joriy yilning 1 sentabr kuni Nijegorod oblastida M12 «Vostok» avtomagistralida Özbekiston fuqarolari iştirokida YTH sodir bölganini tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, YTH oqibatida 8 kişi halok bölgan, şundan 7 nafari Özbekiston fuqarolari, 1 nafar şaxsning Özbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. Şuningdek, Özbekistonning 3 nafar fuqarosi turli tan jarohatlari bilan Nijegorod oblastining markaziy klinik-şifoxonasi va Viksa şaharçasida joylaşgan tibbiy muassasasiga joylaştirilgan.
«Şu bilan birga, jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam körsatiş maqsadida «Sanaviatsiya» (tez yordam vertolyoti) jalb qilingan. Halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiramiz. Jabrlangan fuqarolarimizga tez orada soğayib ketişini tilab qolamiz» – deyiladi konsullik xabarida.
Hozirda qurbonlarning jasadlarini Özbekistonga qaytariş işlari olib borilmoqda. Uşbu masala Boş konsulxona nazoratida bölib, Boş konsul va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tezkor ravişda Nijegorod oblastiga borgan. Rasmiylar mahalliy mas’ul vakolatli organlar bilan halok bölganlar şaxsiga aniqlik kiritiş va ularni qaytariş, jabrlanganlarga tibbiy muolaja körsatilişini öz nazoratiga olgan.
Şuningdek, konsulxona mazkur masala böyiça Özbekiston Qozon şahridagi Boş konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali boğlaniş mumkinligini ta’kidladi:
- +7-843 526-55-63;
- +7-843 526-55-64;
- +7-843 526-55-65.
- Boğlaniş uçun Telegram: @kazan_mfa_uz
2024 yil 1 sentabr kuni Nijegorod oblasti politsiyasi özbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uçraganini xabar berdi. Ma’lum bölişiça, 32 yoşli tojikistonlik haydovçi Hyundai mikroavtobusining boşqaruvini yöqotgan. Şundan söng mikroavtobus tösiqqa urilib, ağdarilib ketgan.
Keyinroq, YTHda Özbekistonning 7 nafar fuqarosi – 6 erkak va bir ayol vafot etgani ma’lum böldi. Kun.uz öz manbalariga tayanib, marhumlarning şaxsiga aniqlik kiritdi
















