Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada bundan 45 yil oldin cho‘kib ketgan qishloq qurg‘oqchilik sabab yana paydo bo‘ldi
Deyarli qor yog‘magan qishdan keyin yozning jazirama kelishi va oylar davomida yog‘ingarchilik kuzatilmagani natijasida Gretsiyaning ulkan sun’iy ko‘llarida suv sathi tushib ketdi.
Gretsiyaning markaziy qismidagi quriyotgan Mornos ko‘li ostidan 45 yil oldin suv ostida qolib ketgan uylar qoldiqlari paydo bo‘lishni boshladi, deb xabar beradi Reuters.
Deyarli qor yog‘magan qishdan keyin yozning jazirama kelishi va oylar davomida yog‘ingarchilik kuzatilmagani natijasida Gretsiyaning aksariyat hududida, ulkan sun’iy ko‘llarida suv sathi tushib ketdi.
«Kundan kunga suv sathi tushib bormoqda», — deydi Dorida munitsipaliteti meri Dimitris Yannopulos. Uning qo‘shimcha qilishicha, 33 yil davomida bunaqa qurg‘oqchilik kuzatilmagan.
Kallio qishlog‘i 1980 yilda poytaxt aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yaratilgan sun’iy ko‘l ostida qolib ketgan. Hozirda u yerda bo‘lgan uylarning g‘ishtlari chig‘anoqlar bilan qoplangan holda suv yuzasiga chiqib qolgan.
Gretsiyaning qurg‘oqchil O‘rta Yer dengizi iqlimi uni global isish ta’siriga sezgir qilib qo‘ydi, bu esa yozgi o‘rmon yong‘inlarini, jumladan, o‘tgan oy Afina atroflarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni kuchaytirdi. Olimlarning aytishicha, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal ob-havo sharoiti hozirda ko‘llar sathning kamayishini yuzaga keltirmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi vazirligining ma’lum qilishicha, 4 millionga yaqin aholisi bor Attikani suv bilan ta’minlaydigan suv omborlarida ichimlik suv hajmi avgustda 700 million metr kubga kamayib ketgan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026