Elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yangi yo‘nalishda rivojlantiriladi
Ohangaron, Farg‘ona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Mamlakat elektrotexnika eksportining to‘rtdan birini mis sim va prutok kabi qo‘shilgan qiymati past tovarlar tashkil qilayotgani qayd etildi.
Kabellarning 80 foizi qurilish va maishiy maqsadlarda ishlatilyapti. Avtomobil sanoati uchun talab yuqori bo‘lgan kabellar ishlab chiqaruvchi korxonalar 4 tani tashkil qiladi, xolos.
Shu munosabat bilan bundan buyon elektrotexnika sohasidagi texnoparklar yondosh yo‘nalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi belgilandi.
Buning uchun Ohangaron, Farg‘ona, Qarshi va Urganch shaharlaridagi texnoparklarda kompozit materiallar, metall va plastmassaga ishlov berish, qoliplar ishlab chiqarish, qadoqlash kabi yondosh soha korxonalariga 10 gektargacha joy ajratiladi.
Mutasaddilarga aniq loyihalar uchun tayyor binoni qurib, sanoat ipotekasi shartlarida tadbirkorlarga berish topshirildi. Ushbu korxonalarga elektrotexnika korxonalari kabi mol-mulk va foyda solig‘idan 50 foizgacha imtiyoz beriladi.
Umuman, joriy yilda chuqur qayta ishlangan mis mahsulotlari ulushini 60 foizga, kelgusi yilda 75 foizga olib chiqish, 1 tonna misdan qo‘shilgan qiymatni 1 ming dollarga yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:13 / 24.01.2025
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi

19:32 / 11.01.2025
Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin

14:00 / 05.09.2024
Avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimi joriy etilishi mumkin

13:56 / 05.09.2024