Misrning Qohiradan taşqarida qurilayotgan yangi ma’muriy poytaxtida töliq vodorod yonilğisida faoliyat körsatadigan osmonöpar bino quriladi, deb xabar beradi CNN.

Afrikadagi eng baland bino Ionic Tower yonida qurilayotgan 240 metrli Forbes International Tower avvalboşidan ekologik xavfsiz bölişi aytilgan. Gordon Gill tomonidan loyihalaştirilgan va Magnom Properties kompaniyasi qurayotgan bino atmosferaga nol miqdorda uglerod çiqarişi aytilmoqda. Qayd etilişiça, 43 qavatli ofis binosi sof vodorod energiyasi bilan ta’minlanadi, qöşimça ravişda uning fasadi quyoş panellari bilan qoplanadi.

Magnom vakillarining sözlariga köra, yangi bino an’anaviy elektr tarmoğiga boğliq bölmaydi. «Kam miqdorli uglerodga» ega yoki qayta işlanadigan materiallardan foydalaniş hisobiga qurilişdagi uglerod izi 58 foizga qisqartiriladi. Şu bilan birga, quriliş joyida suvni qayta işlaş va tozalaş mamlakat uçun muhim bölgan çuçuk suvga bölgan talabni kamaytirişga xizmat qiladi.

Magnom kompaniyasi uşbu usullar orqali osmonöpar binoning atmosferaga uglerod çiqariş körsatkiçini nolga tuşirib, uni Zero Carbon sertifikatini olgan dunyodagi birinçi inşootga aylantirmoqçi.

Sönggi yillarda vodorod köplab hukumatlar e’tiborini öziga tortmoqda. Ammo tanqidçilar energiyaga bölgan talabni qondiriş uçun işlab çiqarişni qançaga oşiriş kerakligi böyiça savollarni örtaga taşlagan.

Magnom Properties kompaniyasi binoning energiya manbai bilan ta’minlaşda LOHC texnologiyasidan foydalaniş imkoniyati ustida örganişlar olib boriş uçun Schneider Electric va H2 Enterprises bilan şartnoma imzolagan.

LOHC— suyuq organik vodorod taşuvçilar — kimyoviy reaksiyalar orqali vodorodni sörib oladigan yoki çiqaradigan organik birikmalar bölib, işlab çiqarilgan vodorodni saqlaş va uni barqaror şaklda manbadan oxirgi foydalanuvçigaça yetkazişda işlatiladi.