Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukrainaga Amerikaning F-16 qiruvchilari uchun uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalari yetkazib berilishini izohlarkan, AQSh hukumati o‘zi uchun o‘rnatgan «chegaradan o‘tayotgani» va bu xavfli ekanini ta’kidladi. «U yerdagilar bizning qizil chiziqlarimiz to‘g‘risida hazil qilishadi — bizning qizil chiziqlarimiz bilan hazillashmaslik kerak. Va ular bu chiziqlar qayerdan o‘tishini juda yaxshi bilishadi», — degan Lavrov.
RF rasmiylari keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon «qizil chiziqlar» haqida bir necha bor bayonot berib, agar ular qandaydir «provokatsiya»lar amalga oshiradigan bo‘lsa, darhol javob qaytarishni va’da qilgan. Bu ogohlantirishlardan ko‘pchiligi e’tiborsiz qoldirilgan — va jiddiy oqibatlarga ega bo‘lmagan, ayrim cheklovlar esa hozircha buzilmagan. Quqida Rossiya rasmiy shaxslari gapirgan asosiy «qizil chegaralar» bilan nimalar bo‘lgani haqida.
Ukraina ustida parvozlardan xoli hudud yaratilishi
Iqtibos. Hozir biz Ukraina hududi ustini parvozlardan xoli qilish qilish kerakligi haqidagi gaplarni eshityapmiz. Buni Ukrainaning o‘z hududida qilish imkonsiz, faqat qaysidir qo‘shni davlat hududi ustida qilish mumkin. Ammo bu yo‘nalishdagi har qanday harakat - hududidan bizning harbiy xizmatchilarga tahdid solinadigan o‘sha mamlakatning mazkur qurolli mojaro ishtiroki sifatida baholanadi. Biz o‘sha zahoti o‘sha davlatlarni harbiy mojaro ishtirokchisi sifatida ko‘ramiz va ular qaysi tashkilot a’zosi ekanining farqi bo‘lmay qoladi (Vladimir Putin, 2022 yil 5 mart).
Keyin nima bo‘lgan. NATO mamlakatlari darhol Ukraina osmoni parvozlardan holi hududga aylantirilishini istisno qildi va bu mojaro geografiyasi uning hududlaridan tashqariga yoyilishini kafolatlashini bildirdi. Zelenskiy G‘arbni bu qaror uchun tanqid qildi.
Ukrainaga qurollar karvoni yuborilishi
Iqtibos. Biz AQShni qator davlatlar uning boshqaruvida qurol-yarog‘ olib kelishi — shunchaki xavfli yurish emas, tegishli karvonlarni qonuniy maqsadga aylantiradigan harakat ekani haqida ogohlantirdik. Biz Ukrainaga qo‘lda olib yuriluvchi zenit raketa komplekslari, tankka qarshi raketa komplekslari va boshqa qurol turlari o‘ylamasdan yetkazib berilishi qanday oqibatlarga ega bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdik (TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov, 2022 yil 12 mart).










