“Özavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni işlab çiqariş böyiça kelişuvga erişgani, bu modellar BYD Seagull va e2 bölişi haqida ma’lum qilgandi.

6 sentabr kuni dilerlik tarmoqlari orqali sotiladigan, bir quvvatlaşda 405 km masofa bosadigan BYD Seagull'ning Flying komlektatsiyasi narxi e’lon qilindi: 208 mln 300 ming söm (16 400 dollar). Bu – Xitoydagi narxlardan (85 800 yuan yoki 12 100 dollar) 4300 dollarga qimmat.

Bu modelning Flying komlektatsiyasi xususiy avtosalonlarda 14 300 dollardan 15 ming dollargaça taklif qilinyapti. Qöşni Qozoğiston bozorida ham bu avtomobilni 14 500 dollar atrofida xarid qiliş mumkin.

Xususiy avtosalonlar taklif qilayotgan narx Xitoydan avtomobilni olib keliş, QQS, qayta işlaş tölovi, sertifikatlaş va bojxona tölovlari, şuningdek, tadbirkorlarning köradigan foydasini ham öz içiga oladi. Şunda ham avtomobilning bahosi rasmiy diler taklif qiladigan narxdan 2 ming dollarga arzon.

Eslatib ötamiz, BYD Uzbekistan kamida 2 yil davomida bojxona boji va utilizatsiya yiğimi tölamasdan, bu rusumdagi elektromobillarni yaratiladigan işlab çiqariş quvvatlarining 50 foizigaça, ammo yiliga 10 mingdan köp bölmagan miqdorda Özbekistonga olib kirişi mumkin.

Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory boş direktori Şafqatbek Alimov Özbekistonda işlab çiqarilgan BYD'lar çetdan olib kelinadiganlaridan arzon bölişini aytib ötgandi.

Şundan keyin BYD E2 modelining rasmiy narxi 19 300 dollar yoki 242 mln sömdan boşlanişi ma’lum qilindi. Bu xususiy avtosalonlardagi narxdan 42 mln sömga qimmat.