Avgust oyida Toşkent şahrida uy-joy ijarasi narxlari oşdi, bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar berdi.
Qayd etilişiça, mutaxassislar tomonidan qilingan tahlilda ijara narxlari oşgani aniqlangan. Bunga bir neçta omillar, jumladan, sentabr oyidan oliy ta’lim muassasalarida yangi öquv yilining boşlanişi böyiça kutilmalar ta’sir körsatgani ta’kidlanmoqda.
Xabarga köra, mazkur davrda poytaxtda örtaça ta’mirlangan xonadonlar uçun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan örtaça 1,9 foizga, töliq ta’mirlangan xonadonlar uçun esa 0,3 foizga oşgan.
Tahlilda ijara narxlari AQŞ dollarida keltirilgan. Jumladan, örtaça ta’mirlangan xonadonlar uçun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285$, 2 xonali – 348$, 3 xonali – 387$, 4 xonali - 460$), Olmazor (1 xonali – 301$, 2 xonali – 359$, 3 xonali – 414$, 4 xonali – 471$) tumanlarida taklif etilgan bölsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350$, 2 xonali – 445$, 3 xonali – 550$, 4 xonali – 736$) va Yakkasaroy (1 xonali – 349$, 2 xonali – 455$, 3 xonali – 585$, 4 xonali – 603$) tumanlarida kuzatilgan.
Töliq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335$, 2 xonali – 416$, 3 xonali – 501$, 4 xonali – 634$) va Uçtepa (1 xonali – 377$, 2 xonali – 437$, 3 xonali – 563$, 4 xonali – 669$) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456$, 2 xonali – 688$, 3 xonali – 1006$, 4 xonali – 1274$) va Şayxontohur (1 xonali – 421$, 2 xonali – 715$, 3 xonali – 1014$, 4 xonali – 1279$) tumanlarida kuzatildi.
Ta’kidlanişiça, ijara narxlari haqidagi ma’lumotlar internetdagi Olx e’lonlar saytidan olingan.

















