Ukrainadagi uruşdan keyin narxlar oxirgi 14 yilda maksimumga çiqib ketgan jahon neft bozori qulaşni boşladi. 10 sentabr kungi savdolarda Brent markali neftning barreli uçun 70 dollardan kamroq taklif etildi, hatto uning narxi 68,68 dollargaça tuşdi — bu 2021 yil 1 dekabrdan beri kuzatilgan eng past körsatkiçdir.

Bir kun içida neft fyuçerslari qariyb 4 foizga arzonlaşdi, ikki hafta içida esa qiymati 15 foizga tuşib ketdi. Natijada neft bozori uruşdan oldingi darajaga qaytdi: 2021 yilda Brent markali neftning barreli 60-70 dollar oraliğida edi.

Ukrainaga uyuştirilgan hujumning dastlabki haftasida neft narxi maksimumga çiqqandi: 2022 yil 7 mart kuni Brent kotirovkalari barreli uçun 139 dollargaça kötarilgan bölib, şundan buyon uning qiymati ikki barobardan ortiqqa tuşib ketdi. Rossiyaning Urals markali nefti narxi esa 60 dollarni taşkil etgan, iyul oyida u 75 dollardan sotilayotgan edi.

Neft bozori asosiy importçi — Xitoy iqtisodiyoti sekinlaşgani tufayli qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda. Ikkinçi çorakda Xitoy YaIM 4,7 foizni taşkil etgan, bu yanvar-martdagi körsatkiçdan past (5,3 foiz edi) — kompartiya esa yiliga 5 foizli ösişni talab qiladi.

Xitoy tomonidan neft importi birinçi yarim yillikda 11 foizga tuşib ketgan, iyul oyida esa oxirgi ikki yildagi eng past körsatkiçni qayd etgan — kuniga 10 million barrel.