Kun.uz’ga murojaat qilgan yurtdoşlarimizdan biri Moskvadagi Şeremetevo aeroportida Markaziy Osiyodan borgan mehnat muxojirlari duç kelayotgan qiyinçiliklar haqida sözlab berdi. U 8 sentabr kuni soat 05:00 da Toşkentdan Aeroflot aviakompaniyasi reysida Moskvadagi Şeremetevo aeroportiga yetib kelgan. Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistondan uçib kelgan mehnat migrantlari bilan muammo ayni şu yerdan boşlangan. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan yölovçilar pasport nazoratida «qayta tekşiruv» uçun ajratib olingan.
«Biz borgan reysdan jami 30-40 kişi ajratib olindi va alohida xonaga birma-bir kirib suhbatlaşildi. Bu xonada Rossiya çegara xizmati xodimlari hamma ma’lumotlarimizni sörab çiqdi, telefonlarimizni titkilaşdi. Keyin «nega bu yerga kelyapsan?» «işga zormisan?» «özingni davlatingda iş yöqmi?» deb ustimizdan kulgandek savol-javob qildi», — deydi reys yölovçilaridan biri.
Şundan keyin, ajratib olingan migrantlar 2-xonaga çaqirilgan va u yerda koronavirus uçun analizlar olingan. Navbatdagi xonada esa çegaraçilar muddaoga ötişgan.

«Aeroportda jami 36 soat uşlab ötirişdi, özi pulimiz kam, içkarida hamma narsa qimmat. Oxirida 3-xonaga çaqirişdi. Bu yerda hammaga Rossiya fuqaroligini oliş taklif qilindi. Uruşga borasan, deb aytmasa ham hammamiz bilib turardik, agar fuqarolikni olsak qayerga ketişimizni… menimça, heç kim rozi bölmadi».
Murojaatçiga köra, şundan söng Toşkentdan kelgan 5-6 ta turli reyslardagi insonlarni töplab, jami 300 kişi Aeroflot samolyotida Özbekistonga qaytarib yuborilgan. Bular içida Rossiyaga birinçi marta borayotganlar, turli oliygohlarga grant yutib, öqişga kelgan talabalar ham bölgan.
«Şundan keyin «şubhali körinyapsan», deyişdi-da, barmoq izlarimiz va barça ma’lumotlarimizni olişdi. «Deport urdimi» yoki boşqa narsami, bilmaymiz. Toşkentdagi Rossiya elçixonasidan ma’lumot olasan, deyişdi va hammamizni Toşkentga qaytardi. Biletimizga ham kuydik, qaytiş biletini ham hali MIB orqali tölasak kerak. Eng alam qiladigani, heç qanday ayb qilmay xörlandik, özbeklarni va tojiklarni xörlaşyapti, xor qilişyapti…» deydi yoş yigit.
Murojaatçining ma’lum qilişiça, Toşkentdagi Rossiya elçixonasi Moskva reysidan qaytarilganlarga «muammosi bu yerda hal bölmasligini» aytib, jönatib yuborgan. Moskvadagi Özbekiston elçixonasi xodimi esa dastlab qölidan heç narsa kelmasligini bildirgan, keyin











