12 sentabr kuni Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi «Qorasuv» çegara bojxona posti tantanali ravişda oçildi.

Bojxona qömitasi xabariga köra, Qörğontepa tumani Qorasuv şahrida joylaşgan «Qorasuv» va Öş viloyati «Korasuu» ötkaziş punkti 14 yil avval yopilgan. Ularning faoliyatini qayta tiklaş ikki davlat rahbarlari örtasidagi kelişuvga asosan amalga oşirilgan.

«Qorasuv» çegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bölib, undan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar ötib-qaytişlari mumkin. Post orqali yölovçilar asosan yopiq inşootlar böylab harakatlanişadi.

Qirğiziston Respublikasining Öş viloyatidan Jalolobod viloyatiga ötiş uçun şu vaqtga qadar 120 km masofa bosib ötilgan bölsa, endi uşbu masofa 101 kilometrga qisqarib, Özbekiston hududi böylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlaniş kifoya.

Şu kuni Namangan viloyatida «Uçqörğon» nazorat-ötkaziş punkti ham oçiladi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari 2023 yilning 1 sentabrdan boşlab ikki mamlakat çegarasini ID karta orqali kesib ötişlari mumkin.