Şengen qoidalari içki xavfsizlik yoki jamoat tartibiga jiddiy tahdidlarning oldini oliş uçun bunday usulni “sönggi çora” sifatida qöllaşga ruxsat beradi.
Quyidagi davlatlar çegaralarida tekşiruv qayta tiklandi yoki kuçaytirildi:
Avstriya Slovakiya va Çexiya bilan çegarada 15 oktyabrgaça, Sloveniya va Vengriya bilan çegarada esa 11 noyabrgaça amal qiladigan tekşiruvlarni joriy etmoqda. Bunga sabab sifatida qoçoqlarni qabul qiliş tizimiga bosim, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bilan boğliq terroristik guruhlar va jinoiy tarmoqlar tufayli kuçaygan xavfsizlik muammolari körsatildi.
Daniya 11 noyabrgaça Germaniyadan quruqlik va dengiz orqali ötadigan tranzitni tekşiradi. Ğazodagi uruş va 2023 yilda Qur’onni toptaş bilan boğliq terrorçilik tahdidlari, şuningdek, Rossiyadan josuslik xavfi uşbu çoraga asos böldi.
Fransiya Şengen mamlakatlari bilan çegarada 31 oktyabrgaça davom etadigan takroriy nazoratni joriy etdi. Bunga sabab — migrantlarni qabul qiliş tizimiga bölgan bosim va terrorizm tahdidlari.
Germaniya 16 sentabrdan özining barça quruqlik çegaralarida kuçaytirilgan nazorat örnatişni rejalaştirmoqda, avvaliga bu olti oy davom etadi. Ötgan yili mamlakat Polşa, Çexiya va Şveytsariya bilan quruqlikdagi çegaralarida nazoratni kuçaytirgandi. Uşbu çoralar ortidan mamlakat 2023 yil oktyabridan boşlab 30 ming muhojirni ortga qaytarişga muvaffaq böldi.
Italiyada çegara nazorati 18 dekabrgaça davom etadi. Bunga terrorçilik faoliyati tahdidlari, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Italiyaning G7 ga raislik qilişi sabab bölmoqda. Bundan oldin, Bolqon orqali kelayotgan migrantlar orasida terrorçilar bölişi haqidagi xavotirlar tufayli iyun oyigaça Sloveniya bilan çegara nazorati joriy etilgandi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmasa-da, Şengen kelişuviga kiruvçi Norvegiya Rossiya razvedkasining mamlakatdan gaz eksporti yoki Ukrainaga körsatilayotgan harbiy yordamga tahdid soluvçi operatsiyalarini rökaç qilib, Şengen hududi bilan port çegaralarda 11 noyabrga qadar nazoratni tikladi.
















