«Bu şaxsga nisbatan internetda tarqalgan videolar yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. U [videodagi] holatlar eski bölib, muqaddam heç kim ariza bilan murojaat qilmagan. Hozir videoda aks etgan şaxslarning şaxsi aniqlanib, tekşiruv ötkazilmoqda», — deyiladi Toşkent şahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotda.

14 sentabr kuni Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi yirik savdo markazlaridan biri bölmiş Inbazar'ning Sergeli tumanidagi savdo markazi mas’uli Mehroj ismli xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Köp ötmay tarmoq rahbari videomurojaat qilib, zöravonga jazo körilişini aytib çiqdi.

Şundan söng, rahbarning özi işçilariga zöravonlik qilgani, kaltaklagani aks etgan videolar ham tarqaldi. Kun.uz voqealar xronologiyasi töliq şarhlagan edi.