Germaniya kansleri Olaf Şols 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib, keyin Qozoğistonga jönab ketdi. Kun.uz muxbiri bu taşrifdan közlangan maqsadlar va Ostonada ötadigan MO–Germaniya sammiti xususida siyosiy tahlilçilar Öktam Biturayev va Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlaşdi.
Öktam Biturayevga köra, Şolsning kelişidan asosiy maqsad – iqtisodiyot. Muhokama mavzularini törtga asosiy yönalişga böliş mumkin: Afğoniston, transport-logistika, migratsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik, deydi u.
Nemis OAVga köra, Germaniya Afğonistondan qoçib borgan migrantlarni öz yurtiga deportatsiya qilişni rejalaştiryapti va buni taşkillaştirişda Özbekiston bilan hamkorlikka umid boğlamoqda. Öz navbatida, Özbekiston mehnat migratsiyasi yönalişlarini diversifikatsiya qilişni istaydi va Germaniya bilan bu borada bitim imzolandi. Öktam Biturayevga köra, nemis sanoatining 53 foizi kadrlarga muhtoj va davlatda bugun 400 mingdan ortiq oçiq vakansiyalar bor. Bu örinlarni xorijlik işçilar bilan töldiriş siyosati boşlangan. Yaqinda Keniya bilan ham xuddi şunday şartnoma imzolangan.
Ayni paytda, Kamoliddin Rabbimovning fikriça, Rossiya va Xitoy ta’siri ortib borayotgan mintaqada geosiyosiy balans muhim hamda mana şu balansni Yevropa Ittifoqi bilan muvofiqlaştiriş Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlariga mos keladi. Germaniya Özbekistondagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat eng salbiy nuqtaga yetgan vaqtlarda mamlakatni keskin tanqid qilgan Ğarb davlatlarida qatorida emasdi, doim mintaqa bilan dialog tarafdori bölib kelgan, deydi u.
Rabbimovga köra, Germaniya energetik jihatdan Rossiyadan uziliş Germaniya iqtisodiyotiga qimmatga tuşdi. Bugungi kunda GFR Markaziy Osiyo bilan energetika, iqtisodiy va geosiyosiy masalalar böyiça hamkorlikka katta e’tibor qaratmoqda.
Siyosatşunos Biturayevning qöşimça qilişiça, nemis sanoati dunyoda sifat nuqtayi nazaridan oldingi örinlarda turadi. Şunday bölsa-da, Özbekistonning texnologik importi röyxatida Germaniya Xitoy, Koreya kabi davlatlardan orqada. Taşrif davomida texnologik mahsulotlar savdosi böyiça hamkorlikni qayta jadallaştiriş masalasi ham körilgan.
Bundan taşqari, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning iltimosi bilan Şols Markaziy Osiyoning beş rahbaridan Kiyev taklif qiladigan navbatdagi tinçlik sammiti taşabbuslarini qöllaşni ham söraşi mumkin. Qayd etiş lozim, bu ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
Suhbatdoşlarning töliq fikrlari bilan video orqali tanişişingiz mumkin.















